Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
2. Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish. Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari, maktab o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga bo’linishi mumkin.
Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Bolaning normal rivojlanishining ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish; Bolalar sog’lig’ini saqlash ; Bolaning ijtimoiy ximoyasini, tibbiy, pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyani ta’minlash; Tarbiyalanuvchilar xuquq va manfaatlarini ximoya qilish; Bolalarning ta’lim dasturini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat va davlat manfaati yo’lida etarli ta’lim olishga sharoit yaratish; Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati va xayotga adaptatsiyani shakllantirish; Tarbiyalanuvchilarning o’z o’zini rivojlantirish va belgilab olish extiyojlarini shakllantirish. Yetim bolalarni qaramoqqa olishuchun muassasalar Mexribonlik uylari mavjud. Mexribonlik uyidagi faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, bu muassasa ota ona qaramog’isiz qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning maqsadi qiyin xayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institutlarga joylashtirishdir. Mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina muammolari bolalar ta’lim va tarbiyasi hamda adaptatsiya va reabilitatsiya muammolarini xal vilishga yangi yondashuvlar ishlab chiqishni talab qiladi. Ota ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i muassasalari faolitining asosiy maqsadi bu muassasalaridagi bollalarning ijtimoiy ximoyasini ta’minlash, tibbiy reabilitatsion tavsifdagi chora tatbirlarni amalga oshirish bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir. Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasa xisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarda keng qamrovli ijtimoiy, tibbiy psixologik, pedagogik muammolarning mavjudligi tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish zarurati tug’iladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga kattalar tomonidan e’tiborning xamma vaqt xam etarli darajada qaratilmasligi jiddiy muammo xisoblanadi. Ularda kattalar bilan xamkorlik qilishga etarli darajada rivojlanmaydi. Bolalarni kattalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sabab ularni kattalarning o’zi jalb qilishidadir. Bolalar ko’p xollarda kattalarning takliflarini bajoni dil qabul qiladilar. Bu aloqalarning barchasi kattalarning e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi. Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida, ayniqsa, shaxsiy muloqot borasida katta farqlarni kuzatish mumkin. Buning sababi bolalar uyida bola bilan kattalarning muloqot qilishi oiladagiga qaraganda ancha kamligida. Bolalar uyida bolaga kattalar kamroq e’tibor qaratishadi, aniqrog’i, ularning e’tiborlari bir guruh bolalarga qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi kattalar o’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi kuzatiladi. Va nixoyat, bolalar uyidagi bolalar va kattalar muloqotining emotsional boyligi darajasi oilanikidan ancha past. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun bolalar uyidagi kundalik faoliyat va kun tartibini bajarish bilan bevosita baog’liq faoliyat motivlarining yorqin namayon bo’lishi xosdir. Bu yoshdagi bolalarning faoliyat mativlari esa ancha sermaxsuldir. Mativatsion soxaning bunday cheklanganligi bolalar uyida bolalarninn yashasha sharoitlari va ularning kattalar bilan etarli muloqot qilmasliklariga bog’liq. Bu jixat, ayniqsa,turli nizoli vaziyatlarda yorqin ifodasini topadi: kattalar va bolalarning manfaatlarini to’qnashuvi, tengdoshlari tomonidan ayblanishi , bolaning kattalar va tengdoshlari tengdoshlari tomonidan tushunmasligi va hakazo. Bu xolatda tarbiyalanuvchining xarakteri o’z agressivligi bilan ajralishi mumkin. Shunday qilib, olimlar bolalar uylari tarbiyalanuvchi shaxsiyatining aqliy, xulq atvor va extiyoj sohasini aniqlashgan. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling