Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
2.Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari. Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari. Go’daklar uyi yosh bolalarni tarbiyalash tizimida alohida o’rin egallaydi. Bu tarbiyaviy-sog’lomlashtirish muassasalari ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga oila o’rnini bosishga, ona mehridan judo bo’lgan bolaning normal rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Hozirgi kunda go’daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi tarbiyaviy ishlar ham yaxshilandi. Tarbiyaning ilmiy asoslangan asosiy qoidalarining amalga oshirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Go’daklar uylarida bolalar tarbiyasi tizimining effektivligini belgilab beruvchi asosiy omil tarbiyachilarning insoniyligi, o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi hisoblanadi. Har bir tarbiyalanuvchiga mehr bilan munosabatda bo’lish bolalar sog’ligi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan asosiy shartdir. Go’daklar uyi tarbiyachisi nafaqat tibbiy va pedagogik ma’lumotli bo’lishi, balki yuqori axloq, madaniyatga ega bo’lishi, bolalarni sevishi lozim. Bolalar uylarida bolalarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishda bolalarning yoshini emas, uning sog’ligi, holati va etishgan rivojlanish darajasini inobatga olish kerak. Bolalarning bir qismi tarbiya jarayoniga yoshiga qarab qurilishi mumkin, biroq aksariyat tarbiyalanuvchilar o’zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga mos keluvchi ta’lim tarbiyaga ehtiyoj seziladi. Odatda go’daklar uyiga ijtimoiy noxush oilalardan kuchsizlangan go’daklar kelib tushishadi, ularning ba’zilari esa bundan oldin uzoq vaqt shifoxonada ham davolanishgan. Ularga alohida e’tibor qaratish lozim. мехр мухаббат Етимлик эътибор муносабат ғамхўрлик Go’daklar uyining spetsifik xususiyatlari bola organizmi rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan o’z salbiy jihatlariga ham ega. Odatda tarbiyachining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash qiyin bo’ladi. Biroq bu go’daklar uyining asosiy maqsadi hisoblanadi. Tarbiyachi va ijtimoiy pedagog noxush omillarning bolaga ta’sirini susaytirishi, bola hayotini taassurotlar bilan boyitishi lozim. Go’daklar uyining asosiy vazifasi bolalarning to’liq jismoniy va ruhiy rivojlanishlarini ta’minlashi, ularni jamiyat hayotiga tayyorlash, ularning ijtimoiy adaptatsiyalarini engillashtirishdir. Go’daklar uyida pedagogik ishni tashkil qilayotganda yosh bolalarning asab-ruhiy rivojlanishlari qonuniyatlariga tayanish, ularning quyidagi xususiyatlari: jadallik, bolalar organizmining past qarshilik ko’rsatish darajasi, jismoniy va ruhiy rivojlanishning yaqin o’zaro munosabati, bolalarda kattalar bilan muomala qilishga, ijobiy emotsiyalarga, harakat faolligiga, yangi taassurotlarga katta ehtiyoj borligi kabilarni inobatga olish lozim. Go’daklar uyida bolalar sog’ligini saqlashga, xususan ularning asab tizimlarini asrashga katta e’tibor beriladi. Bu esa harakat, nutq, xotira, diqqat, tafakkur, tasviriy faoliyat, estetik va axloqiy rivojlanish asosi hisoblanadi. Go’dak hayotining ilk uch yili ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa keyinchalik buni o’rnini to’ydirishning iloji bo’lmaydi. Shuning uchun go’daklar uyining vazifasi bolaga hayotining ilk oylaridanoq rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik. Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalar kontingenti bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishadi. ijtimoiy noxush oilalardan kelib tushgan aksar bolalar noxush ijtimoiy va biologik analizga egalar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bola qichqirig’iga vaqtida javob bermasalar bolada shaxsiy-emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi. Natijada hayotining ilk yilidayoq uning yurish-turishida ikki nuqson paydo bo’lishi mumkin. Birinchisi, bola passiv, harakat va emotsional faolligi past, bu esa salbiy odatlar (bammoq so’rish, boshini qimirlatib o’tirish)ning paydo bo’lishiga olib keladi. Ikkinchisi, notinch uyqu, sababsiz yig’i, boshqa bolalarga agressiv munosabat va buning natijasi yurish-turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir. Bu nuqsonlari bor bolalarda kattalar bilan kam muomalada bo’lish nutq rivojining ortda qolishiga sabab bo’ladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv sistemasining shakllanishiga etarli e’tibor bermaslik bu tizimning rivojiga keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Hayotining ikkinchi yilida bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada maqsadsiz harakatlanadi, yangi odamlardan qo’rqadi yoki aksincha ular bilan ortiqcha jismoniy aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, salbiy odatlar ham saqlanib qoladi. Hayotining uchinchi yilida bolada mavhum anglashning ilk belgilari namoyon bo’lishi lozim: bola o’zini shaxs sifatida ajrata boshlaydi, uning nutqi muomala vositasiga aylanishi mumkin va boshqa go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalarda bu borada ortda qolish kuzatilishi mumkin.asabiy namoyon bo’lishlar kuchayadi (bolaga biror narsa rad etilganda yig’i bilan o’zini polga tashlashi mumkin), boshqa bolalarga, ba’zan kattalarga nisbatan agressivlik kuchayadi. Bular mikro ijtimoiy muhit xususiyatlari va sog’liq holati kabi ob’ektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan muomala qilishning etishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta’sir orqali to’ldirishga harakat qilish lozim. ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini xarakterlaydigan normativ ko’rsatkichlardan kelib chiqishi kerak. Гўдаклари уйи ёш болаларни тарбиялаш тизимида алохида ўрин эгаллайди. Бу тарбиявий-соғломлаштириш муассасалри ота онаси қарамоғисиз қолган болаларга оила ўрнини босишга, она меҳридан жудо бўлган боланингнормал ривожланиши учун зарур шароитларни яратишга қаратилган. гўдаклар уйининг моддий базаси анча кенгайди, улардаги тарбиявий ишлар ҳам яхшиланди. Тарбиянинг илмий асосланган асосий қоидаларининг амалга оиширилиши болалар ривожланишида ижобий натижаларига олиб келмоқда. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling