Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


-MAVZU: O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI VA ISLOM TA’LIMOTIDA IJTIMOIY-PEDAGOGIK G’OYALAR


Download 1.94 Mb.
bet24/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

5-MAVZU:

O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI VA ISLOM TA’LIMOTIDA IJTIMOIY-PEDAGOGIK G’OYALAR



Asosiy savollar:
1. O’zbek xalq pedagogikasida ta’lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri
2. O’zbek etnografiyasida mukammal inson modeli..
3. Islom- monoteistik din
4. Hadislarda ijtimoiy-pedagogik fikrlarning yoritilishi


KALIT SO’ZLAR: O’zbek xaql pedagogikasi, ta’lim-tarbiya masalasi, mukammal inson modeli, pedagogika fani, ijtimoiy me’yorlar, deviant xulq, delikvent xulq, qarovsizlik.


1.O’zbek xalq pedagogikasida ta’lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri

Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko’p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi.Qadimgi zamonlardan buyon olamda insonning o’rni va roli,shaxsning axloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar.Sharq uyg’onish davri ( IX-XI asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy shunday ijtimoiy pedagogik g’oyalarni ilgari surganki, bolani go’daklik chog’idanoq tarbiyalay boshlashning zarurati shuningdek,bolaning tarbiyasiga tabiat,atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir.XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos faylasuflari,tarixchi,shoir va rassom-musavvirlari iz ijodlari ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab,tabiat sirlarini o’rganishga intilganlar.Bular qatorida Nuriddin abdurahmon Jomiy,Jaloliddin Dovoniy,Alisher Navoiy,Xusan Voiz Koshifiy o’z asarlarida inson aqli tafakkuri,uning qobiliyati,insonning alohida axloqiy xislatlari,insoniylik g’oyalari,bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.Shu jumladan o’zbek tili asoschisi buyuk alloma,musiqachi,davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g’oyalari yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi.U insonni butun koinotda, bu olamda eng oily mavjudod deb hisoblaydi.Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi.Inson o’z farzandigina emas,balki kelajak avlod bilan barcha bolalarni sevmog’I shart deb yozadi shoir.Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz,ma’rifatparvarlarimiz,jadidchilik harakati yetakchilari,XX asr boshlarida yashab ijod qilgan allomalar Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdyrashidxonov, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy,X.X.Niyoziy va boshqalarning asarlarida ham ko’plab keltirish mumkin. Ajdodlar tajribasini o'rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biridir. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish madaniy jihatdan uz qobig’iga o’ralib qolishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining maqsadi milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini echishga yordam beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan iborat bo’lmog’i lozim.


Hozirda dunyoning turli davlatl ari dagi xalqlarning madaniy qarashlari va o’ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratsak, madaniyat sohasidagi yutuqlar mavjud muammolarni hal etishda juda katta o’rin tutadi. O’sib kelayotgan avlodni
hayotga tayyorlashning ko’p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy
xususiyatlarini tiklamasdan turib bugungi kunning muammolarini hal qilish mumkin? Shubhasiz, moziy tajribasida xalqpedagogikasida ta’lim va tarbiya jarayonlarida qo’llash mumkin bo’lgan ko’p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga
ijtimoiy xususiyatlarni shakllantirish uchun lozim bo’lgan pedagogik bilim, ko’nikma va malakalar, ta’lim-tarbiya berish yo’mari, vositalariningmajmuasi hisoblanadi. Milliy pedagogika xalqning ta’lim-tarbiya masalasiga oid qarashlar, goyalar, an’analari asosida shakllanadi. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u, birinchidan, o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega, ikkinchidan esa, hayotiy, amaliy tavsifga ega. U o’z ifodasini xalq pedagogikasining barcha g’oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligidatopadi. Xalq pedagogikasidagi mavjud hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, bular muomala jarayonida ham kattalar, ham bolalar tomonidan bir xil o’zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli bulishi bilan birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi. Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi qdtsriyatlarni mujassamlashtirgan bo’lib, bu kattalarga xurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, axloqlilik, rostgo’ylik va boshqalar. Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri uni ko’pgina etnomadaniy hodisalar: dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya, boshqalar bilan o’zaro munosabatida yorqin namoyon bo’lishidadir. Bu muammolar olimlar tomonidan o’rganilmokda. O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy va shaxsiy tajriba orqali o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud. Chunki shaxs boshqalar bilan muomalaga kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq hali shaxs emas, u tom ma’nodagi inson bo’ladimi, yo’qmi — bu uning ota-onasi, uni o’rab turgan muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. Shuning uchun ham xalq pedagogikasida "go’dak faqatgina avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqilgan turli ong shakllarini o’zlashtirsagina, shaxsga aylanadi”, deb ta’kidlanadi. Bolaningtug’ilishi bilan tarbiyani boshlamaslik halq qayotining rivoji, oldinga intilishiga salbiy ta’sir qiladi. Bu g’oya bir qator xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida urin olgan. Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o’zbek xalq pedagogikasining asosini bolaga g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish va hayotini muhofaza qilish, uning aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun kattalar tomonidan ta’sir qilishning majmuasi tashkil qiladi.



MAQOL





MATAL

DOSTON



AFSONA



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling