Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
-MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT METODIKASI VA TEXNOLOGIYASI
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy pedagogik metodlar. Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari mohiyati. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.
- 1.Metod va usul tushunchalari va ularning farklari.
- Metoddan tashqari, ijtimoiy pedagogikada “ usul” va "vositalar" tushunchalari qoʻllaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan tavsifga ega.
16-MAVZU:
|
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT METODIKASI VA TEXNOLOGIYASI |
Asosiy savollar
Metodika tushunchasi.
Ijtimoiy ish metodlari.
Ijtimoiy psixologik metodlar.
Ijtimoiy pedagogik metodlar. Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari mohiyati.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.
KALIT SO‘ZLAR: metod, usul, ijtimoiy pedagogik texnologiya, ijtimoiy pedagogika faoliyat meodikasi,bilim, ko’nikma, malaka
1.Metod va usul tushunchalari va ularning farklari.
Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari. O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida amaliy tatbiq etish muammosi turadi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor, bu tushunchalarning
ta’rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha, bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi, ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi, ijtimoiy pedagog va bolaning o’zaro bogʻliq faoliyatini uyg’unlashtiruvchi ijtimoiy pedagogik metodlar haqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidadir. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagog uz amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qoʻllanilayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari, ijtimoiy pedagogikada “ usul” va "vositalar" tushunchalari qoʻllaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan tavsifga ega.
Aslida, g’ar bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy-pedagogning u yoki bu usulni qoʻllashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq. Vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin.
Download 1.94 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling