Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Ijtimoiy pedagogik texnologiya mohiyati
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
2.Ijtimoiy pedagogik texnologiya mohiyati.
Biroq, ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalar tasnifi quyidagilardan iborat buladi, deb hisoblaymiz:Shunday kilib, ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy- pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. ’ ‘Ijtimoiy pedagogik texnologiya” tushunchasi “ pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish, ikkinchisi, ijtimoiy fanlar sohasida. XX asrning 80-yillari o’rtalarida pedagogik amaliyotda Sh. A Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V. P. Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S. N. Lisenkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V. A. Karakovskiy, N. E. Selivanova, N. I. Shurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlarini ilm aqli tomonidan tan olindi. “ Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani kasbiy pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi. Hozirgi kunda “ pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zahiralardan foydalanish orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi. “ Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bulgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog’liq. Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib, ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin. Yuqorida ta’kidlanganidek,ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xodim faoliyatining jihatlari serqirradir. Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning oʻz tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq.Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarnianiqlashdan boshlanadi. Bu muammolarni mutaxassislar hal qilishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga moslashishishga yordam berish va boshqalar. Maqsadlar, o’z navbatida, faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish metodlarini, uni tashkillashtirish shakllarini anikdab beradi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to’g’ri aniqlanganligi, unga erishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog’liqbo’ladi.Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling