Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet96/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

1. tashxis qilish,
2. reabilitatsion dasturni yaratish, amalga oshirish,
3.bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis qilish voyaga etmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi.
Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o’zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to’g’rilash, bolalarga muomala ko’nikmalarini shakllantirishga yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan chiqqanidan so’ng oila, do’stlar, maktab jamoasi bilan uyg’un munosabatlarni tiklashga yordam beradi.
Qiyin tarbiyalanadigan bolalarning reabilitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida funktsional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasida o’zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik) reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi.
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
- bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;
- ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
- ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
- normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;
- tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;
- o’smirlarning ruhiy inqirozini engib o’tish;
maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko’rsatish.

4.Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari:
mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy holatni inobatga olish;
sheriklik;
reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi;
ketma-ketlik;
individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi.
Sheriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik-pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat.
Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga oshirishdagi turli chora-tadbirlar komelksini ko’zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b.
Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora-tadbirdan boshqasiga asta-sekin o’tishni ko’zda tutadi.
Individual-insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual balki shunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko’zda tutadi.
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik-pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining zimmasida bo’ladi. Avvalambor u bolalarni o’z maqomlarida (muomalaning to’laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o’quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o’smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog’liq. Pedagoglar shug’ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og’ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga solinadilar.
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga, shuningdek, ularni o’quv faoliyatining sub’ekti sifatida tiklashga qaratiladi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling