Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar


Korxona va tashkilotlar soni


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1658014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
64-variant

Korxona va tashkilotlar soni
Xodimlar soni
102,4% 
102,0% 
■лд as 
IP ill vr 
__ 
^ 
Ish haqi fondi
O'rtacha ish haqi
130,1% 
127,5% 
.iSfc.
W’


12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 
37 
5- 
rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yuridik shaxs 
maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning 
o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi, ming so’m (2019 yil yanvar- 
dekabr, qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)
13
 
Hududlarda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi 
o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan eng past ko’rsatkichlar 
kuzatildi. 
Jumladan, Jizzax viloyatida sanoat 36,4 % ga, qurilish 28,2 % ga, tashish va 
saqlash 49,2 % ga, axborot va aloqa 49,1 % ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 
respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi.


38 
Samarqand viloyatida savdo 30,5 % ga, tashish va saqlash 49,1 % ga, 
axborot va aloqa 51,7 % ga, boshqa faoliyat turlari 17,5 % ga iqtisodiy faoliyat 
turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga 
nisbatan past bo’ldi. 
Farg’ona viloyatida bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 
23,5 % ga, ta’lim 8,0 % ga, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish 5,9 % 
ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal 
hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi. 
Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlar mamlakatimizda mehnat bilan 
bog’liq munosabatlarning qay darajada samarali tashkil etilayotganligining yaqqol 
isboti hisoblanadi. 
Endi mamlakatimizda mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonalarga 
to’xtalib o’tsak. 
Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo ’lishi 
tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv 
faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo ’lishi mumkin. 
Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, 
ma’naviy- psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan
mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-
ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat 
qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab 
chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat 
faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi 
o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda 
yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan 
yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlar). Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini 
tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni, shaxsning 
moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda 
tutiladi). 


12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 
39 
Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan 
munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va 
takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, 
mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni 
taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb 
qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. 
Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan 
birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil 
etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha 
kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va 
hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib 
ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni 
bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini 
yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi. 
Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni 
mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy 
yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati 
haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat 
faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada 
taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish 
haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati 
haqida borishi mumkin. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling