Ish haqi turlari hamda ularning darajasini belgilovchi omillar
O`zbekiston Respublikasida 2019 yilda o`rtacha oylik viloytlar kesimida
Download 0.54 Mb.
|
ISH HAQI TURLARI HAMDA ULARNING DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR
O`zbekiston Respublikasida 2019 yilda o`rtacha oylik viloytlar kesimida
Rag’batlantiruvchi to’lovlar va ularning asosiy turlari. Mamlakatimiz xo’jalik faoliyati tajribasida xilma-xil rag’batlantirish tizimlari ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida alohida-alohida yoki boshqa tizimlar bilan birgalikda foydalaniladi. Aytaylik, biror xodim mehnatda sezilarni yutuqlarni qo’lga kiritdi va uni rag’batlantirish kerak. Bunda rahbariyat quyidagi rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rishi mumkin: 1)xodimning malaka razryadini va tegishli ravishda tarif stavkasi (maoshi)ni oshirish; 2)unga kasb mahorati uchun qo’shimcha haq to’lashni belgilash; 3)bir martali mukofot berish; 4)ko’rsatib o’tilgan bu rag’batlantirish turlarini biron-bir tarzda qo’shib foydalanish. Rag’batlantiruvchi tizimlarning bir necha guruhlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 1.Mehnat asosiy haq to’lashni xodimning asosiy mehnat me’yoridan chetga chiqadigan ko’rsatkichlarni bajarish va oshirib ado etish darajasi bilan bog’liq qilib qo’yadigan tizimlar. Bularga joriy ish natijalari uchun beriladigan turli mukofotlar kiradi. 2.Mehnatga asosiy haq to’lashni xodimning shaxsiy ishchanlik sifatlari, uning kasb mahorati darajasi va alohida fazilatlari, ishga bo’lgan munosabati bilan bog’laydigan tizimlar. Bular, avvalo, quyidagilar uchun rag’batlantiruvvchi xususiyatga ega bo’lgan qo’shimcha va ustama haqlardir: kasb mahorati; kasblar (lavozim)ni birga qo’shib bajarganlik, xizmat ko’rsatish me’yorlari (zonalari)ning kengayganligi; avvalgi ko’p hajmli ishni (xizmatlarni) ozroq miqdordagi xodimlar kuchi bilan bajarganlik. 3.Xodim yoki xodimlar guruhining asosiy ish haqini muntazam xususiyatga ega bo’lmagan muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan yoki muayyan, yetarli darajada zoq taqvim davri (yarim yil, bir yil) mobaynida qandaydir umumiy jamoa natijalari bilan bog’lovchi tizimlar. Bunga bir marta beriladigan turli mukofotlar va to’lovlar taalluqli bo’lib, hozirgi vaqtda ham ayrim korxonalarda alohida muhim ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan topshiriqlarni bajarganlik, ishlab chiqarish musobaqasida g’olib bo’lib chiqqanlik uchun, korxonaning yillik, yarim yillik, chorak yakunlari bo’yicha faoliyati va hokazolar to’lab borilmoqda. Biz yuqorida mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi tizimini tasniflashning ayrim boshqa belgilarini, xususan, rag’batlantirish tizimida hisobga olinadigan ko’rsatkichlar miqdori, shartlar va boshqa biron-bir tavsiflarni ajratib ko’rsatdik (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirishning barcha tizimlarini oddiy va murakkab tizimlarga ajratish mumkin); rag’batlantirish tizimi bilan ayrim xodimlarni yoki xodimlar jamoalarini qamrab olish va tegishli ravishda rag’batlantirishlar natijalari va miqdorlarini hisobga olish (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish tizimlari, alohida va jamoa-guruh tarzida bo’lishi mumkin); rag’batlantirish tizimida e’tiborga olinadigan mezonlarga nisbatan mukofotlashning ortib borish xususiyati (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish tizimlari mutanosib ortib boruvchi va kamayib boruvchi tizimlarga bo’linishi mumkin) Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling