5.Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bila boshqarish (tartibga solish). (Mazkur tamoyil quyiroqda qarab chiqiladi).
6.Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori-bu shunday bir sohaki, u yerda pirovard natijada mehnatning har xil turlarida baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga to’lanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqyei bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.
7.Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi mehnatga haq to’lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor bo’lishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud bo’lgandagina, u jon-dili bilan berilib mehat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish haqining miqdori, ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur qilishlari lozim.
Vaqtbay va ishbay ish haqi
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq toʻlashning, asosan, vaqtbay va ishbay tizimlari qoʻllaniladi.
Vaqtbay ish haqi shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, yaʼni ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bogʻliq emas. Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko’rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalari ado etishi lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to’lasho’lchovi-tarif stavkasidir. Agar xodim normada nazarda tuilgan vaqtda kamroq ishlagan bo’lsa, unga tarif stavkasida kamroq haq to’lanadi. Bordi-yu, xodim ishlagan va muayyan mehnat vazifalariga ega bo’lgan vaqt belgilangan normadan ortib ketsa (bunga ish beruvchining roziligi kerak), uning mehnatiga to’lanadigan haq tarif stavkasidan yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |