Ish haqi turlari hamda ularning darajasini belgilovchi omillar
Kafolatlangan va badal to’lovlari
Download 0.54 Mb.
|
ISH HAQI TURLARI HAMDA ULARNING DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR
Kafolatlangan va badal to’lovlari.
Xodimlarning uzrli sabablar bilan o’z mehnat vazifasini amalda bajarmagan davr uchun qonunda ko’zga tutilganiga muvofiq ravishda haq to’lashi kafolatli to’lovlar, deb ataladi. Bunday to’lovlar quyidagi hollarda belgilanadi: -xodim davlat va jamoat vazifalarini bajarganligi uchun, qonun bo’yicha bu vazifalar ish vaqtida bajarilgan taqdirda. Deputatlik burchini bajarish, deputat sifatida kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari quriltoylari, plenumlari, konferentsiyalari qatnashish, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlariga, sudga chaqirilish, xalq maslahatchilari sifatida sud majlislarida ishtirok etish kabilar shular jumlasiga kiradi; -ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, malakasini oshirgan vaqti uchun; -donorlik vazifasini bajargan hollarda -ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifini ayni ish korxonaning o’zida joriy qilish ishida qatnashgan vaqti uchun; -yillik ta’tilda bo’lgan vaqti uchun, xodimga ta’tildan oldingi 12 oxirgi kalendar oylar hisobidan o’rtacha ish haqi to’lanadi; -sovuq paytlari ochiq havoda yoki usti yopilmagan binoda ishlovchi ishchi va xizmatchilarga isinish va dam olishga berilgan tanaffuslar vaqti uchun; -bir yarim yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga bolasini emizishga berilgan tanaffus vaqti uchun; -shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarga ishga joylashagan vaqti uchun. Xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarilishi yoki boshqa joydagi ishga ko’chib o’tishi, yohud, boshqa joydagi ishga ko’chirilishi va qabul qilinishi bilan bog’liq sarf-harajatlarini qoplash maqsadida to’lanadigan haq badal to’lovlari, deb ataladi. Bunday to’lovlarga quyidagilar kiradi: -xizmat safariga yuborilganda beriladigan badal; Bunda safar muddati yo’lga ketgan vaqtni hisobga olmaganda 40 kundan ortiq bo’lmasligi kerak. Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo’l kira haqi va turar-joy ijarasi haqi to’lanadi. Sutkalik pul dam olish va bayram kunlarini ham qo’shib hisoblab, xizmat safarining har kuni uchun to’lanadi. Safarga jo’nagan va undan qaytgan kuni bir kungi hisoblanadi. -ishchi va xizmatchilarga tegishli asboblarning eskirishi uchun to’lanadigan badal; Uning miqdorini ma’muriyat xodim, hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda belgilaydi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling