Ish joylarida mikroiqlim korsatkichlarini aniqlash


BINO VA INSHOOTLARNING YONG‘IN AVTOMATIKASI


Download 2.97 Mb.
bet21/21
Sana20.07.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1661316
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Лаборатория кулланма XFX

BINO VA INSHOOTLARNING YONG‘IN AVTOMATIKASI

1. Yong‘inga qarshi avtomatikaning qo‘llanilishi Avtomatik yong‘inga qarshi himoya tizimlarini qo‘llash yong‘inning xavfli omillarini insonlar va moddiy tovar boyliklariga ta’siridan himoyalashni, yong‘inlarni samarali bartaraf etilishini kafolatlaydi, davlatning moddiy va ma’naviy boyliklarini saqlanishini ta’minlaydi. Yong‘in avtomatikasi yong‘in xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ijtimoiy hayotning, iqtisodiyotning normallashuviga, milliy boyliklarning saqlanishini ta’minlash xalq xo‘jaligining turli sohalarida yong‘inlarning yuzaga kelishini bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha ob’ektlarida maxsus himoya vositalarini joriy etish hamda avtomatik yong‘inni aniqlash (yong‘in signalizatsiyasi) va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlarini qo‘llash (shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish) orqali yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalashida mavjud bo‘lgan bir qancha muammolarni hal etish mumkin.
2. Yong‘indan xabarlash Yong‘indan xabarlash tizimlarining vazifasi yong‘inning o‘ziga xos omillarini aniqlash, navbatchilik, yong‘in, tizimning nosozligi bo‘yicha ish rejimlarini va boshqa turdagi axborotlarni shakllantirish, jamlash, qayta ishlash, qayd qilish va berilgan topshiriq asosida signallarni yuborish, zarur bo‘lganda, texnologik, elektrotexnik va boshqa qurilmalarni ishga tushirish uchun signallarni yong‘inga qarshi himoya tizimlarining boshqaruv vositalariga uzatish bo‘lib hisoblanadi. Yong‘indan xabarlash tizimlarining tuzilishida yong‘in xabarlovchilari asosiy omil bo‘lib hisoblanadi, yong‘in xabarlovchilarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yong‘in qabul-nazorat pultlari, shleyflar, elektr ta’minoti va xabarlash qurilmalari belgilab olinadi. Yong‘indan xabarlash tizimlarini tashkil etuvchi elementlar quyida keltirilgan. – yong‘in xabarlovchilari:  issiqlik;  tutun;  alanga;  gazli;  aralash; (yuqorida keltirilgan yong‘in xabarlovchilari AVTOMATIK tarzda ishga tushadi)  qo‘lda ishga tushiriladigan (qo‘lda mexanik ta’sir natijasida ishga tushiriladi) – yong‘in qabul-nazorat pultlari; – xabarlash qurilmasi (opoveщatel) –yorug‘lik, ovozli, nutqli va aralash; – shleyf va boshqa qurilmalar. Yong‘indan xabarlash tizimlari hamda yong‘in xabarlovchilari kunu-tun 24 soat davomida ishlashga mo‘ljallangan. Yaroqlilik muddati 10 yildan kam emas.
3. Tashvish signallarini uzatish moslamalari Tashvish signallarini uzatuvchi moslamalar tomonidan uzatiladigan tashvish signallarining tavsifiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: - nurli (yorug‘lik); - tovushli (ovozli); - nutqli (matn uzatiladi); - birlashtirilgan (aralash). Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish qurilmalari yong‘in xavfsizligi me’yorlariga asosan 5 turga bo‘linadi. Bunda binonaning qavatlar soni, vazifasi, bir vaqtning o‘zida binoda bo‘ladigan odamlar sonidan kelib chiqqan holda xabarlash tizimlari belgilanadi: 1-tur: Xabarlash usuli: nurli, tovushli (nurli yonib-o‘chuvchi signal, “Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari; Xabarlash tartibi: bitta xabarlash yo‘nalishi (xabarlash yo‘nalishidagi barcha tashvish signallarini uzatuvchi moslamalar bir vaqtda ishga tushiriladi); 2-tur: Xabarlash usuli: nurli, tovushli (nurli yonib-o‘chuvchi signal, “Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); 3-tur: Xabarlash usuli: nurli, nutqli, tovushli (“Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); 4-tur: Xabarlash usuli: nurli, nutqli, tovushli (“Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); Dispetcherlik xonasi va xabarlash hududi bilan aloqa. 5-tur: Xabarlash usuli: nurli, nutqli, tovushli (“Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); Dispetcherlik xonasi va xabarlash hududi bilan aloqa. Har bir xabarlash hududidagi evakuatsiyani tashkillashtirishda ko‘plab variantlarni amalga oshirish imkoniyati va xabarlash tizimini boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan.
Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish tizimlari (YoXvaEBT) boshqarilish usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: Avtomatik boshqaruv: YoXvaEBT ishga tushirish avtomatik yong‘in signalizatsiyasi yoki yong‘in o‘chirish qurilmalarining buyrug‘i asosida ishga tushirilishi nazarda tutiladi. Yarim avtomatlashgan boshqaruv: YoXvaEBT ishga tushirish AYoS va AYoO‘Q olingan signal asosida dispetcher tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Tuzilishi va ishlash prinsipi bo‘yicha yong‘indan xabarlash tizimlarining turlari Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish tizimlari markazlashgan va mahalliy turlarga bo‘linadi Mahalliy yong‘indan xabarlash tizimlari tashqi moslamalardan kelib tushgan tashvish signallariga asosan belgilangan hududlarga avtomatik tarzda avvaldan yozib olingan matnli xabarlarni uzatuvchi modullardan (nutqli protsessor, kuchaytirgich, radiokarnay) tashkil topadi. Markazlashtirilgan yong‘indan xabarlash tizimlari markaziy blokka ega va avtomatik tarzda ishlashi, shuningdek yarim avtomatlashtirilgan tarzda, ya’ni dispetcherning o‘zi mikrofon yoki tashvish xabarlash blokidagi mikrofon orqali tezkor xabarlarni berishi mumkin.
Qo‘llanilish sohalari va sharoitlari bo‘yicha tashvish signallarini uzatuvchi moslamalarning turlari - isitiladigan xonalar uchun; - isitilmaydigan xonalar uchun, binoning tashqi tomoni uchun; - portlash xavfiga ega bo‘lgan hududlar uchun. 4. Yong‘in xabarlovchilarini joylashtirish Ob’ektlar bo‘yicha yong‘in xabarlovchilarini loyihalash va joylashtirish va montaj qilish ШНК 2.04.09-07 Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi normativ hujjatlari hamda qurilmalarning pasportlarida ko‘rsatilgan texnik talablar asosida amalga oshiriladi. Belgilangan talablar asosida tizimlarning loyihalanishi, montaj qilinishi va ulardan foydalanilishi amalga oshirilsa tizimni tashkil etuvchi elementlar o‘z vazifasini samarali bajarishi kuzatiladi. Xona, bino va inshootlarnig xususiyatlaridan, hajmiy-rejaviy echimlari, konstruktiv tuzilishiga bog‘liq holda xabarlovchilarni quyidagi tartibda o‘rnatishga ruxsat etiladi: Xabarlovchilarni shiftga o‘rnatishning iloji bo‘lmagan hollarda ularni devorlarga, balkalarga, kolonnalarga o‘rnatish mumkin. Xabarlovchilarni bino tom qoplamasining ostida troslarga ilib chiqishga ruxsat etiladi. Bunday holatlarda xabarlovchining o‘lchamlarini hisobga olgan holda shift bilan xabarlovchi orasidagi oraliq 300 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Issiqlik va tutun yong‘in xabarlovchilari qurilish konstruksiyalari bilan chegaralangan xona shiftidan 0,4 m va undan katta ajralib chiqqan (balka, tayanch, qovurg‘a va sh.k.lar) bo‘lmalar oralig‘i 0,75 m va undan katta bo‘lgan hollarda har bir bo‘lmaga o‘rnatiladi. 0,08 m dan 0,4 m gacha shiftdan ajralib chiqqan konstruksiyalar mavjud bo‘lgan hollarda nazorat hududi 25 % qisqartiriladi. Agar qurilish konstruksiyalari shiftdan 0,4 m dan ko‘p ajralib chiqqan bo‘lsa bo‘lmalarning eni 0,75 m dan kichik bo‘lgan hollarda yong‘in xabarlovchilarining himoya maydoni 40 % qisqartiriladi. Materiallarning shtabellari, stellajlar, qurilmalar va qurilish konstruksiyalarining ustki qismi shiftdan 0,6 m va undan yaqinroq masofada o‘rnatiladigan bo‘lsa nuqtaviy tutunli va issiqlik yong‘in xabarlovchilari xonaning har bir otsegiga o‘rnatiladi.
Xonaning eni 3 metrdan kam yoki falshpolning tagida yoki falshshiftning tepasida va balandligi 1,7 metrdan kamroq bo‘lgan boshqa o‘tish joylarida nuqtaviy yong‘in xabarlovchilarini o‘rnatishda habarlovchilar orasidagi masofa ШНК 2.04.09-ning 5-jadvalida keltirilgan qiymatlarga nisbatan 1,5 marta kattalashtirishga ruxsat etiladi. Aralash (issiqlik-tutun) yong‘in xabarlovchilarini qo‘llashda ularning o‘rnatilishi ШНК 2.04.09-07ning 8-jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi (issiqlik yong‘in xabarlovchisining ko‘rsatkichlari qabul qilinadi). Yong‘in xavfsizligi uchun ajratilgan alohida xonalar, navbatchilik qismi yoki dispetcherlik xonalarida yong‘in qabul-nazorat pultlaridan qulay va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida pol (er sathidan) 0,8 – 1,5 metr balandlikda o‘rnatish maqsadga muvofiq. Alohida ajratilgan xonalar mavjud bo‘lmagan hollarda koridorlarda, xollarda, vestibyullarda pol (er sathidan) 2,2 metr balandlikda o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Manzilsiz yong‘in xabarlovchilari bilan ishlashga mo‘ljallangan qabul-nazorat pultlari shleyflar soni 10 va undan ko‘proq bo‘lgan hollarda zaxira sig‘imi (shleyflar soni) 10 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Kechayu-kunduz navbatchilik olib boriladigan navbatchi xodimlar xonasi avariyaviy yoritilishi asosiy yoritish o‘chganidan so‘ng avtomatik tarzda ishga tushishi kerak.
Yong‘in signalizatsiyasining shleyflari. Yong‘in signalizatsiyasi va boshqaruv qurilmalarining ulash va ta’minot chizig‘i. Yong‘in signalizatsiyasining shleyflari uning barcha uzunligi bo‘yicha butunligini avtomatik tarzda tekshirilishini ta’minlash sharti bilan bajarilishi kerak. Yong‘in signalizatsiyasining shleyflari mustaqil mis tolali sim va kabellardan bajariladi.





1 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 331.



Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling