Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish


Ish joylariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish


Download 41.92 Kb.
bet7/7
Sana13.05.2023
Hajmi41.92 Kb.
#1456959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-МАВЗУ

3.6. Ish joylariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
Ish joylariga xizmat ko‘rsatish tizimi ish joylarini tashkil etishning muhim elementidir, chunki sex, uchastka va ayrim ish joyining mo‘‘tadil ishlashi uchun ularga to‘g‘ri va samarali xizmat ko‘rsatishni, ya’ni ularni asbob-uskunalar, instrumentlar, materiallar, xom ashyo, yarimfabrikat, elektr energiya va h.k.lar bilan uzluksiz ta’minlab turishni tashkil etish zarur. Bunda korxonaning strukturasiga qarab xizmat ko‘rsatish sex yoki umumzavod ko‘lamidagi yordamchi tarmoq orqali olib boriladi. Agar ishchi xomaki material, asbob-uskunalar bilan o‘z vaqtida ta’min etilmasa, uskunalar vaqtida ta’mirlanmasa, transport betartib ishlasa, yuqori mehnat unumiga erishib bo‘lmaydi. Masalan, Toshkent va Farg‘ona to‘qimachilik kombinatlarini tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bekor sarf qilingan ish vaqtining deyarli yarmi ish joyi qoniqarsiz tashkil etilganligi bilan bog‘liqdir. Xolbuki, ish joyi to‘g‘ri tashkil etilganida barcha funksiyalar bo‘yicha ish vaqtining isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik,har bir ish joyida mo‘‘tadil mehnat maromini ta’min etish mumkin bo‘lar edi.
Ish joyiga xizmat ko‘rsatishning butun tizimi ko‘p jihozlarda ishlash tartibi keng qo‘llaniladigan korxonalarda, ayniqsa, muhimdir. Xom ashyo yoki yarimfabrikatlar, yordamchi materiallar, idishlar zahirasi, chizmalar, mexanika hujjatlari va h.k.lar o‘z vaqtida, ish to‘xtab qolishidan oldin yangilab olinishi zarur. Tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqitlari ish joyida taxlanib yotmasligi, ular o‘z vaqtida tashib olib ketilishi, uskunalar esa oldindan tuzilgan grafik asosida ta’mirlanishi lozim va h.k.lar.
Ish joyidagi barcha materiallar mashina va xodimlarning uzluksiz ishlab turishini to‘la ta’min etadigan miqdorda bo‘lishi kerak. Lekin yuqorida aytib o‘tganimizdek, ortiqcha taxlanib ham turmasligi lozim, chunki keragidan oshiq bo‘lsa, yo‘laklar to‘silib, ish joyida tartibsizlik sodir bo‘ladi, ko‘p jihozda ishlash sharoitida ortiqcha materiallar, ayniqsa, ishga xalal beradi. Masalan, yigirish fabrikasida yarimfabrikatlar ko‘p taxlanib qolsa, ularni tivit, chang bosib ketadi, natijada ko‘pincha buzilib, keyinchalik yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Xizmat ko‘rsatishda qaysi bir shaklning samaradorligini ayrim xizmat funksilarini bajaruvchi ishchilarning ish bilan qay darajada bandligiga qarab aniqlash mumkin. Masalan, taransport xodimlaridan bir joyda to‘la foydalanilmasdan, boshqasida ular etishmaydigan bo‘lsa, ularni uchastkalar o‘rtasida qaytadan taqsimlash yoki transport xizmatini sex yoxud korxona ko‘lamida markazlashtirish lozim bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatishning biron funksiyasi sexning so‘rovnomasi bo‘yicha qilinadigan (masalan, jihozning yog‘ini almashtirish zarur bo‘lib qolganida navbatchi moylovchi chaqirilsa) navbatli xizmat bo‘ladi, ammo oldindan tuzilgan grafikka muvofiq xizmat rejali ravishda ko‘rsatilsa, u reglamentga solingan xizmat bo‘ladi (masalan, uskunalarni moylash, yangi moy quyish ishi moylovchi maxsus chaqirilmasdan ma’lum vaqtlarda qilinadi, xom material ishlatib bo‘linishiga qarab emas, balki grafik bo‘yicha ish joyiga keltiriladi).
Reglamentga solingan xizmat ko‘rsatish xiyla progresivdir, chunki u ehtiyotkorlik xarakteriga ega bo‘lib, ish vaqti kamroq isrof qilinadi, uskunalar bekor turmaydi, belgilangan ishlab chiqarish maromi saqlanadi.
Ish joyiga xizmat ko‘rsatishning u yoki bu uslubini qo‘llanishi ishlab chiqarish xarakteriga va turiga bog‘liqdir.
Ommaviy ishlab chiqarishda, ayniqsa, uzluksiz ishlab chiqarish usuli tashkil etilgan joyda, odatda, ish joyiga grafik-jadval bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning majburiy tartibi o‘rnatiladi; bu grafikka muvofiq instrumentlarni almashtirish, uskunalarni ta’mirlash, buyumni keyingi operatsiyaga topshirishga va h.k. ishlar reglamentda belgilangan muddatlarda majburiy ravishda bajariladi.
Seriyali ishlab chiqarishda ish joyiga xizmat ko‘rsatishning rejali-ehtiyotkorlik tartibi mavjud. Bunda buyumlarning yangi turkumini ishlab chiqara boshlash kalendar rejasiga muvofiq ish joylarini materiallar, asbob-uskunalar, moslamalar va h.k.lar bilan o‘z vaqtida ta’minlash muddatlari oldindan belgilab qo‘yiladi.
Ish joylariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda ishlab chiqarishdagi asosiy xodimlar muhim o‘rin tutadi. Odatda, aosiy mehnat funksiyalarini bajarish jarayonida asosiy ishchi ishidan bir oz bo‘shab qolgan paytlar bo‘ladi. Bunday holat har xil va turli sabablarga ko‘ra, ko‘pincha texnologik jarayonni qizg‘inlik bilan kuzatish va h.k.lar tufayli yuz beradi. Agar asosiy xodimni bunday paytlarda boshqa ish bilan chalg‘itish texnologiya jarayoniga xalaqit bermaydigan bo‘lsa, unga o‘z ish joyiga xizmat ko‘rsatish yuzasidan ma’lum funksiyalarni topshirish mumkin. Ammo asosiy xodimlar bajaradigan funksiyalarning, yuqorida aytilganidek, aniq belgilab berilishi yordamchi xodimlar ish joylariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishini takomillashtirib borishning ahamiyatini mutlaqo pasaytirmaydi; mahsulot tayyorlash bilan bevosita band bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish ishchilariga uzluksiz va samarali xizmat ana shu yordamchi, ko‘makchi xodimlar ishiga bog‘liqdir. SHu sabali xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan yordamchi, ko‘makchi ishchilar ish kunidan to‘la foydalanishlari lozim. Bunga esa, birinchidan, yordamchi xodimlarning mehnat sarflarini mehnat normalari asosida aniq tartibga solish yo‘li bilan va ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish funksiyalarining o‘rindoshligi tufayli erishiladi. SHu bilan birga, har bir funksiyaning hajmi, bajarish tartibi va muddatini aniq ko‘rsatish va yordamchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish ko‘rsatkichlarini belgilash zarur. Bu esa ish joyiga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bo‘lgan har xil ishlarni o‘z vaqtida va muddatidan oldin bajarish uchun yordamchi xodimlarning qiziqishlari va shaxsiy javobgarliklarini oshiradi.
SHunday qilib, ish joyi ishlab chiqarish jarayonining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, uning to‘g‘ri tashkil etilishi har bir ishxonada mehnatni tashkil etishning bosh elementidir. YAna shuni ham nazarda tutish kerakki, ish joyida mehnatni tashkil etish tadbirlarini ishlab chiqishda u mehnatni tashkil etish elementi sifatida emas, balki uning ob’ekti sifatida maydonga chiqadi. Faqat aosiy xodimning emas, yordamchi xodim hamda muhandis-texnik xodim va xizmatchining ham ish joyi oqilona tashkil etilishi lozim.
Download 41.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling