Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish


Ish o’rinlarini attestasiya natijalari ijrosi


Download 27.56 Kb.
bet3/3
Sana16.04.2023
Hajmi27.56 Kb.
#1359061
1   2   3
Bog'liq
Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish касабф уздан

Ish o’rinlarini attestasiya natijalari ijrosi

Attestasiya natijalari attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilot tomonidan attestasiya to’g’risidagi hisobot shaklida rasmiylashtiriladi, unga:
– attestasiya komissiyasini tashkil etish va attestasiya bo’yicha ishlarni bajarish jadvalini tasdiqlash to’g’risidagi buyruq;
– attestasiyadan o’tkazilishi kerak bo’lgan ish o’rinlari ro’yxati;
– o’lchashlar protokollari bilan birgalikda mehnat sharoitlari xaritalari;
– ish o’rinlarining mehnat sharoitlari bo’yicha attestasiyasi natijalari yig’ma vedomosti;
– attestasiya natijalari bo’yicha belgilangan mehnat sharoitlari darajalarining yig’ma jadvali hamda shu munosabat bilan xodimlarga belgilanishi zarur bo’lgan kafolatlar va preferensiyalar;
– mehnat sharoitlarini yaxshilash va sog’lomlashtirish tadbirlari rejasi;
– mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining ijobiy xulosasi;
– attestasiya komissiyasining yakuniy (oraliq-yakuniy) majlisi (majlislari) protokoli (protokollari);
– attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilot to’g’risidagi ma’lumotlar, shu jumladan sinov laboratoriyasining akkreditasiya attestati nusxasi.
Attestasiya komissiyasi attestasiya to’g’risidagi hisobot tushgan sanadan boshlab o’n kalendar kun mobaynida:
– attestasiya to’g’risidagi hisobotni ko’rib chiqadi va uni tasdiqlash uchun korxona rahbariga kiritadi;
– ish o’rinlarida attestasiya o’tkazilgan xodimlarni tilxat ostida ish o’rinlari attestasiyasining natijalari bilan tanishtiradi;
– jamoa shartnomasi va jamoa bitimiga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Korxona rahbari attestasiya to’g’risidagi hisobot tushgan sanadan boshlab o’n ish kuni mobaynida attestasiyaning tugaganligi va attestasiya to’g’risidagi hisobotni tasdiqlash to’g’risida yozma qaror qabul qiladi.
Attestasiya materiallari ish o’rinlarida attestasiya o’tkazilgan korxonada ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi.
Download 27.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling