Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish


Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazishni huquqiy asosi


Download 27.56 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi27.56 Kb.
#1359061
1   2   3
Bog'liq
Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish касабф уздан

Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazishni huquqiy asosi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, Xizmatchilar va ishchi kasblarning asosiy lavozimlari klassifikatori, shuningdek sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, qurilish normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normalar, qoidalar va yo’riqnomalar, boshqa qonun hujjatlari attestasiyani o’tkazishning huquqiy asosi hisoblanadi.

  • Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish tartibi.

Attestasiyani o’tkazish davriyligini korxonaning o’zi belgilaydi, biroq u har 5 yilda kamida bir marta o’tkaziladi.
Attestasiyaning o’z vaqtida o’tkazilishi yuzasidan mas’uliyat korxona rahbariga yuklanadi.
Attestasiya materiallari qat’iy hisobot beriladigan materiallar hisoblanadi va 50 yil saqlanadi.
Qayta tashkil etishda attestasiya materiallari to’liq hajmda qayta tashkil etilayotgan korxonaning huquqiy merosxo’riga, tugatilgan taqdirda esa — belgilangan tartibda davlat arxiviga beriladi.
Attestasiya fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida attestasiya bo’yicha ishlarni bajarish uchun ish beruvchi tomonidan jalb etiladigan attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilot bilan birgalikda ish beruvchi tomonidan o’tkaziladi.
Attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilot mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
– shtatda mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish bo’yicha mutaxassisning malaka sertifikatiga ega bo’lgan hamda faoliyatni faqat ushbu attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilotda amalga oshiruvchi kamida uch nafar xodimga ega bo’lish;
– mulkida xo’jalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini o’lchash uchun mo’ljallangan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditasiya qilingan laboratoriyaga (keyingi o’rinlarda akkreditasiyadan o’tkazilgan sinov laboratoriyasi deb ataladi) ega bo’lish;
– mehnatni muhofaza qilish bo’yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ma’lumotnoma bazasiga, shuningdek attestasiyani o’tkazish uchun zarur bo’lgan ma’lumotnoma hujjatlarga ega bo’lish;
– attestasiyani o’tkazishda olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
– attestasiyani o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;
– attestasiyani o’tkazishda mustaqillikni ta’minlash;
– attestasiya to’g’risidagi to’g’ri hisobotni taqdim etish.
Faqat mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish bo’yicha mutaxassisning malaka sertifikatiga ega bo’lgan shaxs attestasiyani o’tkazuvchi tashkilotning rahbari bo’lishi mumkin.
Attestasiya o’tkazuvchi tashkilot ish o’rinlarida attestasiyadan o’tkazilayotgan korxonaga nisbatan mustaqil shaxs bo’lishi kerak.
Korxona attestasiya bo’yicha ishlarni bajarish uchun bir nechta attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilotlarni jalb etishga haqlidir. Bunda attestasiya bo’yicha ishlar attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilotlar o’rtasida ham attestasiyadan o’tkazilishi kerak bo’lgan ish o’rinlari soni, ham ish o’rinlarida bajariladigan ishlarning turlari bo’yicha taqsimlanishi mumkin.
Attestasiyani tashkil etish va o’tkazish uchun ish o’rinlarida attestasiya o’tkaziladigan korxona rahbarining yozma qarori bilan doimiy ishlovchi attestasiya komissiyasi (keyingi o’rinlarda attestasiya komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi hamda attestasiya bo’yicha ishlarni amalga oshirish jadvali belgilanadi.
Zaruriyat bo’lganda korxonaning tarkibiy bo’linmalari bo’yicha attestasiya komissiyalari tashkil etilishiga yo’l qo’yiladi.
Attestasiya komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda bosh muhandis (bor bo’lganda), mehnatni muhofaza qilish xizmatlari rahbarlari va xodimlari, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi vakillari, attestasiyadan o’tkazuvchi tashkilot vakillari kiritiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli deb topilgan korxonalarda attestasiyani o’tkazishda attestasiyani o’tkazuvchi tashkilotning rahbari, vakillari, shuningdek bor bo’lgan taqdirda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari rahbarlari va xodimlari, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi rahbarlari attestasiya komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda kiritiladi.
Attestasiya komissiyasiga ish o’rinlarida attestasiya o’tkazilayotgan korxonaning rahbari yoxud korxona rahbarining tegishli yozma qarori bilan vakil qilingan shaxs boshchilik qiladi.
Attestasiya komissiyasining tarkibi, shuningdek attestasiya bo’yicha ishlar jadvali korxona rahbarining yozma qarori bilan tasdiqlanadi.
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling