Ish qog'ozlarining asosiy turlari
Download 15.96 Kb.
|
Ish qog'ozlarining asosiy turlari Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. «Ish yuritish» qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: «Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqyeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari» (20-bet). Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi. Ma’lum bo‘layaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demaq kim tomonidan yozilganlik ya’ni tegishlilik nuqtai nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot beramiz va bunda yuqorida nomi tilga olingan «Ish yuritish» qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga tayanamiz. Ariza.Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi. Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt. Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol qo’llanadigan rasmiy hujjat ham arizadir. Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga ko’ra turlicha bo’ladi. Chunki o’quvchi yoki talabaning turli masalalar yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariga yozadigan arizalaridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning korxona boshlig’i, hokimlargacha yozadigan arizalari bir-biridan farq qiladi. Bundan qat’iy nazar, har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim: -ariza yo’llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi; -ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi; -hujjat nomi (ariza); -ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat); -zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi; -qog’ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy); -qog’ozning o’ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi. Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi. Download 15.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling