Ish qurilm


Download 1.14 Mb.
bet13/17
Sana09.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1183137
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11 uz-assistant.uz

prinsipi.

Bug‘ yoki gazning suyuq xolatga o‘tish jarayoni kondensasiyalash deyiladi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida kondensasiyalash jarayoni keng tarqalgan. Masalan, bug‘latish qurilmalarida vakuum hosil qilish, bug‘ning kondensasiyalanish issiqligidan foydalanib qurilmani isitish, har xil siqilish temperaturali komponentlardan tarkib topgan sistyemalarni ajratish uchun kondyensasiyalash jarayonidan foydalaniladi.
Kondensasiyalash jarayoni olib boriladigan qurilmalar kondensatorlar deyiladi. Suv, ayrim hollarda havo va boshqa sovituvchi eltkichlar sovituvchi agent hisoblanadi.
Kondensatorlar yuzali va aralashtiruvchi bo‘ladi. YUzali kondensatorlarda kondensasiyalanayotgan bug‘ va sovituvchi suv o‘zaro issiqlik o‘tkazuvchi devor orqali ajratilgan bo‘ladi. Aralashtiruvchi kondensatorlarda esa bug‘ suv bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi natijasida kondensasiyalashga uchraydi.

11-rasm. Gorizontal qobiq trubali kondensator.

Bet

List hujjat Imzo Sana
YUzali kondensatorlar tuzilishiga ko‘ra yuzali issiqlik almashinish

qurilmalariga o‘xshaydi. Ko‘pincha kondensasiya uchun qobiq-trubali, «truba ichida truба» tipidagi, namlanuvchi issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. 11- rasmda gorizontal qobiq-trubali kondensator ko‘rsatilgan. Kondensatorda to‘yingan bug‘ bir xil temperaturada (tr) kondensasiyalanadi. Bunda bug‘ yashiringan bug‘latish issiqligini beradi. Kondensatning temperaturasini tK deb olsak, u xolda (iTtK) kondyensatning sovish darajasini byelgilaydi. Kondensatning sovish darajasi devorning temperaturasiga, issiqlik almashinish yuzasining joylashuviga, bug‘dagi havo va kondensatsiyalashga uchramaydigan gazlarning mikdoriga, bug‘ning sarfiga va boshqa kattaliklarga bog‘lik. Aralashtiruvchi kondensatorlar vakuum ostida ishlaydigan turli qurilmalarda siyraklanish hosil qilish uchun ishlatiladi. Bulardagi vakuumni Ko‘paytirish uchun sovituvchi suvning temperaturasini kamaytirish va kondensatordan gazlarni tashkariga chiqarish zarur.
Bug‘ va suvning o‘zaro harakatiga ko‘ra aralashtiruvchi kondensatorlar qarama-qarshi va tug‘ri yo‘nalishli bo‘ladi. 12- rasmda nam tug‘ri yo‘nalishli aralashtiruvchi kondensator ko‘rsatilgan. Kondensator kobig‘i (1) ga qopqoq (2) dagi patrubok (3) orqali kondyensasiyalanishi lozim bo‘lgan bug‘ kiritiladi.
Sovituvchi suv soplo(4) orqali sochibberiladi. Isitilgansuv kondensat va havo bilan birga patrubok (5) orqali nam havo nasosi (6) yordamida tashqariga chiqariladi.
13-rasmda qarama-qarshi yo‘nalishli barometrik kondyensator ko‘rsatilgan. Qobiqda 5-7 ta tokchalar bo‘lib, ularda bug‘ va suv byevosita kontaktga uchraydi. Tokchalarda suvning balandligi 40 mm ga yaqin bo‘lib, tokchalar chekkasidagi plankalar yordamida ushlab turiladi. Tokchalarning yuzasi yaxlit yoki g‘alvirsimon bo‘ladi. Ko‘pincha yaxlit tokchalar ishlatiladi. Bug‘ pastki tokchaning tagiga beriladi va yuqoriga karab harakat kiladi.

Bet

List hujjat Imzo Sana


12-rasm. To‘g‘ri yo‘nalishli aralashtiruvchi kondensator:
1 — kondensator kobig‘i; 2 qopqoq; 3— bug‘ning kirishi uchun patrubka; 4— sochib beruvchi soplo; 5 suv, kondyensat va havoni chiqarish uchun patrubka; 6 — nasos.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling