Ish qurilm
Download 1.14 Mb.
|
11 uz-assistant.uz
4-rasm. Qobik trubali issiqlik almashinish qurilmalarida qo‘llaniladigan ko‘ndalang to‘siqlar turlari.
Ko‘p yo‘lli issiqlik almashinish qurilmasi. 5-rasmda to‘rt yo‘lli qurilma tasvirlangan. Trubalar bo‘shlig‘i seksiyalanishi tufayli, seksiyadagi trubalar soni butun qurilmanikiga qaraganda kamayadi. Bu esa, suyuqlik oqimi harakatlanadigan ko‘ndalang kesim yuzasi kamayishiga va issiqlik eltkich Bet List № hujjat Imzo Sana tezligining ortishiga olib keladi. Masalan, to‘rt yo‘lli qurilmada, bir yo‘llikka qaraganda suyuqlikning tezligi to‘rt marta ko‘p bo‘ladi. Ushbu hol esa, trubalar bo‘shlig‘ida issiqlik berish koeffisientini o‘sishiga sababchi bo‘ladi. SHuni nazarda tutish kerakki, har doim termik qarshiligi yuqori issiqligik eltkichning tezligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Trubalararo bo‘shliqda suyuqlik oqimi tezligini va harakat yo‘lini uzaytirish maqsadida segmyent to‘siqlar o‘rnatiladi (6-rasm). Gorizontal issiqlik almashinish qurilmalarida ushbu segment to‘siqlar truba o‘rami uchun oraliq tayanchlar vazifasini ham bajaradi. Odatda gorizontal qurilmalar ko‘p yo‘lli qilib yasaladi va ularda suyuqliklar tezligi yuqori bo‘ladi. Bunday qilishdan maqsad, temperatura va zichliklar farqi ostida suyuqliklarning qatlamlarga ajralib, hamda harakatsiz zonalar hosil qilmasligini taʼminlashdir. 5-rasm. Ko‘p yo‘lli issiqlik almashinish qurilmasi (truba bo‘shlig‘i bo‘yicha). 1 - qobiq; 2 - isituvchi truba; 3 - qopqoq; 4 – to‘siq. Bet List № hujjat Imzo Sana 6-rasm. Ko‘p yo‘lli issiqlik almashinish qurilmasi (trubalararo bo‘shliq bo‘yicha). 1 – qobiq; 2 – to‘siq; 3 - isituvchi truba; 4 - qopqoq. Agar, issiqlik almashinish qurilmasi qo‘zg‘almas teshik panjara tuzilishi, qobiq va trubalar temperaturala rining o‘rtacha farqi 50°S dan katta bo‘lsa, qobiq va trubalar uzayishi har xil bo‘ladi. Bu hol o‘z navbatida teshikli panjarada katta kuchlanishlar hosil qiladi va panjaradagi trubalar zichlanishini, payvand choklarini buzadi va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan issiqlik eltkichlar aralashishiga olib kyeladi. SHuning uchun, temperaturalar farqi katta bo‘lganda, temperatura taʼsirida uzayinikompensasiya qiladigan issiqlik almashinish qurilma konstruksiyalari qo‘llaniladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling