Ish qurilm


Download 1.14 Mb.
bet7/17
Sana09.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1183137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
11 uz-assistant.uz

Bet

List hujjat Imzo Sana
trubalarning bo‘ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma

zichlanishi buzulmaydi.

2-rasm. Trubalarni teshikli panjaralarga maµkamlash usullari. a - ikkita ariqchaga razvalsovka qilish; b - bitta ariqchaga razvalsovka
qilish; v - payvandlash va razvolsovka qilish; g,d - payvandlash; ye, j - ariqchali va tishli payvandlash; z - kirish qismini konussimon
razvalsovka qilish; i - tekis teshikka razvalsovka qilish va buklash; k - kavsharlash; l - elimlash; m - salnik bilan zichlash; n - portlatib
payvandlash; o - teshikli panjara tashqi tomonini konussimon razzenkovka qilish; p - teshikli panjaraning tashqi tomoni asta - sekin silliq, toraytirib razvalsovka qilish.

Trubaning kirish qismini konussimon razvalsovka qilish, mahalliy qarshilik koeffisiyentini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida kirish qismining emirilish oldini oladi.
Agar, trubalar tebranish, siklik qizishga, temperaturalar katta o‘zgarishi yoki ularning uchlari issiqlik taʼsirida o‘ta isib ketish hollari

Bet

List hujjat Imzo Sana
yuz beradigan bo‘lsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga

payvandlanish zarur. Payvandlash choki cho‘ktirilgan, valik va ariqchada valik holadi, hamda ariqcha va tishli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Odatda, qalin dyevorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar, trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bo‘lsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi.

3-rasm.Truba teshikli panjarasida trubalarni joylashtirish sxemasi.
a – to‘g‘ri oltiburchak tomonlari va cho‘qqilarida; b - kvadrat tomonlari va cho‘qqilarida; v – konsentrik aylanalar bo‘ylab.

Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati

katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga truba uchlari ko‘p chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga o‘ta mustahkam holatda biriktiriladi. Agar, trubaning bir uchi panjaraga ushbu usulda portlatib payvandlansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalsovka qilinsa, eng yuqori mustahkamlikka erishsa bo‘ladi.
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, ilg‘or texnologiyasi - bu portlatib valsovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad truba ichida, yaʼni uchida joylashtiriladi. So‘ng esa, zaryad kapsyul yordamida portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo‘nalishda deformasiya qiladi va tyeshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu usuldagi birikma, razvalsovka

Bet

List hujjat Imzo Sana
usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq bo‘ladi. Portlatib payvandlash

usulini trubalarni taʼmirlash uchun ham qo‘llash mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga elyektrogidravlik mahkamlash va biriktirish usuli ham mavjud.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin :
- to‘g‘ri oltiburchak cho‘qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo‘ylab; - konsentrik aylanalar bo‘ylab;
- kvadrat cho‘qqi va tomonlari bo‘ylab;

- shaxmatli ko‘rinishda (bir va har xil ko‘ndalang qadamli).


Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish, qurilmaning ixcham bo‘lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir qurilmaga iloji boriga ko‘proq truba joylashtirishga harakat qilinadi.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlarning yo‘nalishi parallyel yoki qarama - qarshi bo‘ladi. Issiq eltkich qurilmaning yuqori qismidan trubalararo bo‘shliqqa, sovuq eltkich esa, pastki qismidan trubalar ichiga yuboraladi. Natijada, bug‘ issiqligini beradi va soviydi, yaʼni kondensatga aylanadi va pastga qarab harakatlanadi. Tyemperaturasi ortishi bilan sovuq eltkichning zichligi kamayadi va u yuqoriga qarab ko‘tariladi. Agar, suyuqliklar sarfi ko‘p bo‘lsa, ularning tezligi ham yuqori va issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo‘ladi. Undan tashqari, suyuqliklarning qarama – qarshi yo‘nalishida ularning tezliklari bir xilda taqsimlanib, qurilmaning butun ko‘ndalang kesimida issiqlik almashinishi o‘zgarmas bo‘ladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling