Ish raqami: 4-1103-2301/619 Da’vogar: O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi,,Mikrokreditbank” aj manfaatida Javobgar
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kredit qarzdorlik ipk delo
3.
Kafilning tasdig’i 3.1. Ushbu bilan kafil quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi: -u O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan lozim darajada tashkil qilingan va ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxs hisoblanadi; -ushbu shartnomani tuzish va uning barcha shartlari, shartnomani bajarish amaldagi qonunchilik va kafilning ta’sis hujjatlariga zid emas; 1 7 -kafilning ushbu shartnomani imzolayotgan vakolatli shaxslari ushbu shartnomani imzolash uchun to’liq huquqda ega va ular mazkur huquqni tasdiqlovchi hujjat taqdim etdilar; -Bankka taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar haqqoniy va ular kafilning moliyaviy ahvolini aks ettiradi. Kafil haqiqiy yoki shartli majburiyatlarga, shuningdek boshqa shaxslar foydasiga berilgan kafillikka ega emas; (agar mavjud bo’lsa, ushbu shartnomada nechta kreditor bo’yicha, kimning foydasiga, qaysi bankning krediti bo’yicha, qaysi summaga kafillik berilganligi va kreditni qaytarish muddati): bo’yicha, qaysi summaga kafillik berilganligi va kreditni qaytarish muddati -Kafilga nisbatan ma’muriy, xo’jalik, fuqarolik, jinoiy sud ishlari qo’zg’atilmagan va uchinchi shaxslar oldida kafilning mazkur shartnoma bo’yicha majburiyatlarini bajarishga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan bajarilmagan majburiyatlari yo’q. 3.2. ushbu shartnoma imzolanishi bilan bir vatqda uni tuzish, ya’ni Qarzdorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun kafillik berish amaldagi qonunchilik, Kafilning ta’sis hujjatlari va boshqa ichki me’yoriy hujjatlari talabiga zid emasligi hamda shartnomani imzolagan shaxslarning bunday vakolatga ega ekanligi to’g’risida kafil o’z yuridik xizmati /yollangan advokatning yozma xulolasini taqdim etadi. 4. Kafilning majburiyatlari 4.1. Kafil kredit shartnomasi bo’yicha navbatdan to’lov muddati kelgunga qadar 5 kun ichida ushbu shartnomaning 1.1-bandiga muvofiq qarzdorning majburiyatlarini bajarilishi uchun zarur bo’lgan tegishli to’lov summasini kafilning bankidagi (unga xizmat ko’rsatuvchi bank) hisob raqamlarida to’plash ( akkumlyatsiya qilish) majrburiyatini oladi. 4.2. kafillik bilan ta’minlangan majburiyatlar qarzdor tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda va Kreditorning birinchi talabnomasiga asosan, kafil kredit to’lovlarini, kredit bo’yicha hisoblangan foizlarni va boshqa to’lovlarni Kredit shartnomasidagi qarzdorning majburiyatari bilan belgilangan muddat va miqdorda to’lash majburiyati oladi. 4.3 Kreditorning talabiga ko’ra Kafil choraklik buxgalterlik balansi, belgilangan tartibda tasdiqlangan foyda va zararlar to’g’risidagi moliyaviy hisobotini va kafilning moliyaviy holati haqida zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni Kreditorga taqdim etish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. 1 8 4.4 kafil ushbu shartnomada amalda bo’lgan davrda Kreditorning yozma roziligisiz boshqa banklarda hisob raqamlari ochmaslik va uchinchi shaxslarning boshqa majburiyatlari bo’yicha kafil bo’lmaslik majburiyatini oladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling