Ish raqami: 4-1103-2301/619 Da’vogar: O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi,,Mikrokreditbank” aj manfaatida Javobgar


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana06.05.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1433567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Kredit qarzdorlik ipk delo

 
 
O’zbekiston Respublikasi Savdo-
Sanoat palatasi Toshkent viloyati 
Boshqarmasi Toshkent shahar Sh. 
Rustaveli ko’chasi 22-uy 
 
Manfaatida:
,,Mikrokreditbank” AJ
Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani. 
Begimqulov ko’chasi 53 



х/r:29896000300001150
01. 
MFO: 00773, STIR: 205 207 726. 
 
 
Javobgar: 
“Abdulaziz Qorabayirlari“ fermer 
xo’jaligi Manzili: Toshkent viloyati 
Quyichirchiq tumani. Madaniyat 
mahallasi, Kushek ko’chasi 
х/r: 20208000400931574001, MFO: 00773, 
STIR: 305 803 966. 
 
 
 
Qo’shimcha javobgar:
 
“Effekt Energo Servis” XK 
 
Manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, 
TTZ-1 mavzesi, 38-uy 24 xonadon Х/r: 
20208000300519025001, MFO: 
00774, STIR: 303 492 669. 
 
 
DA’VO ARIZA 
(Kredit va foiz qarzdorligini undirish maqsadida) 
O’zbekiston Respublikasi “Davlat boji to’g’risida”gi Qonunning 8-9- 
10- moddalariga asosan O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat palatasi va 
uning hududiy tuzilmalariga davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining 



tadbirkorlik subyektlari – Palata a’zolarining qonuniy huquq va maanfatlarini 
kamsituvchi xatti-harakatlari va qarorlari, shuningdek qarzdorliklarni undirish 
yuzasidan sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat etish huquqi berilib, bunda 
davlat boji to’lashdan ozod etilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat palatasi Aksiyadorlik-tijorat 
,,Mikrokreditbank” AJ manfaatida taqdim etilgan hujjatlarni atroflicha o’rganib 
chiqib, quyidagilarni aniqladi. 
Xususan, ,,Mikrokreditbank” AJ Do’stobod filiali va javobgar “Abdulaziz 
Qorabayirlari“ fermer xo’jaligi o’rtasida 2019-yilda 4 iyun kuni №25- sonli kredit 
shartnomasi Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Abay mahallasi hududida 
faoliyat yuritib kelayotgan “Abdulaziz Qorabayirlari“ FX 2019-yilda 
chorvachilikni yanada rivojlantirish, naslchilik ishini ilmiy asosda tashkil etish, 
servis xizmatlari ko’rsatish sifatini yanada 
yaxshilash, 
ozuqa bilan 
mustahkamlash hisobiga chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 
ko’paytirish va yangi ish o’rinlari yaratish maqsadida mazkur kontrakt 
shartnomada ishtirok etgan “INTERBOVES GmbH” o’rtasida 2019-yil 22-mayda 
imzolangan №ISOF026590-sonli kontrakt shartnomasiga asosan 99 bosh qoramol 
xarid qilish uchun xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBPP) kredit liniyasi 
mablag’i hisobidan 84 oy muddatga, yillik 6,5 foiz ustama haqi to’lash sharti bilan 
36 oy imtiyoz davri asosida 41 366,00 AQSH dollari ajratilgan. 
Bank va “Abdulaziz Qorabayirlari“ fermer xo’jaligiga ajratilgan kredit 
qaytarilmay qolishi xatarini oldini olish maqsadida 2019-yil 30-avgust kuni 
tuzilgan №1-sonli kafillik shartnomasiga asosan ““Effekt Energo Servis” 
XKning kredit miqdorining 40 000 000 so’mga kafilligi bilan ta’minlangan. 
Kredit ta’minoti sifatida bank va garovga qo’yuvchi o’rtasida 
11.05.2020-yilda tuzilgan kelishuv dalolatnomasiga asosan 400 000 000 so’mga 
baholangan Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Madaniyat MFY da 
joylashgan kadastr raqami №11:06:05:02:01:0127 bo’lgan “Effekt Energo 
Servis” MCHJga tegishli umumiy yer maydoni 0.8300ga bo’lgan ko’chmas 
mulk binosi binosi garovga olib taqiqga qo’yilgan. 
Shartnomaning 4.2.1 bandida kreditni va u bo’yicha hisoblangan foizlarni 
mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda va to’liq qaytarilishi hamda 
to’lanishini ta’minlashi belgilangan. 
Kredit shartnomasining 9.1 bandida asosiy qarzni qaytarish muddati 
kechiktirilganda (muddati o’tgan kredit), qarzdor bankka butun kechiktirilgan 
davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining 1,2 barobar oshirilgan 



miqdorida yuqori foiz to’laydi. 
Foizlarni belgilangan muddatda to’lamaganligi va ular bo’yicha muddati 
o’tgan summalar vujudga kelgani uchun qarzdor bankka kechiktirilgan 
to’lovning har bir kuni uchun kechiktirilgan to’lov summasining 0,04%i 
miqdorida, ammo kechiktirilgan to’lov summasining 0, 50%i dan oshmagan 
miqdorida penya to’lashi belgilangan. 
Mazkur shartnomaning 7.2 bandida tomonlar ushbu shartnoma yuzasidan 
kelib chiqishi mumkin bo’lgan kelishmovchilik va nizolarni muzokara va 
maslahatlar yo’li bilan hal qilishga harakat qiladilar, agarda ko’rsatib o’tilgan 
kelishmovchilik va nizolar muzokaralar yo’li bilan hal etilmasa, ular 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan Iqtisodiy sudida 
hal etilishi ko’rsatilgan. 
Kredit shartnomasining shartlarida ko’rsatilgan talablar bo’yicha, kredit 
mablag’idan maqsadli foydalanish, kredit va foizlari o’z vaqtida to’lab borilishi 
majburiyati ko’rsatib o’tilgan bo’lsada, ushbu majburiyatlar Javobgar 
tomonidan qo’pol ravishda buzib kredit va unga hisoblangan foizlar o’z vaqtida 
to’lanmay kelinmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 234-moddasiga asosan 
majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, unga asosan bir shaxs 
(qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga 
oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar 
ko’rsatish, pul to’lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o’zini saqlashga 
majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni 
talab qilish huquqiga ega bo’ladi. Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish 
natijasida hamda ushbu Kodeksda ko’rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 236-moddasida 
majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq 
lozim darajada bajarilishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 333-moddasiga asosan 
qarzdor aybi bo’lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida shartnomada boshqacha tartib 
belgilanmagan bo’lsa, javob beradi. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 744-moddasiga asosan 
kredit shartnomasi bo’yicha taraf-bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) 
ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va 



shartlar asosida pul mablag’larini (kredit) berish, qarz oluvchi esa oldindan pul 
summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladi. 
Javobgar “Abdulaziz Qorabayirlari” fermer xo’jaligining bugungi kun 
holatiga quyidagi kredit va foiz qardorliklari vujudga keldi: 
-muddati kelmagan kredit asosiy qarz – 146 667 000,00 so’m; 
-muddati o’tgan kredit asosiy qarz – 20 010 000,00 so’m; 
-muddati o’tgan foiz qarz – 3 190 000, 00 so’m; 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling