O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi to’g’risida


Download 19.9 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi19.9 Kb.
#256643
Bog'liq
1995-Yilgi qonun


O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi to’g’risida” gi qonunning moddama-modda ijorosi tahlili

3-modda.

O’zbekiston Respublikasida yashaydigan har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlarga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi ta’minlanadi. Fuqarolarning boshqa tillarda ham murojaat etish huqulari, davlat tili va millatlararo muomala tilida javob olishi imkoniyati ta’minlanadi.

Hozirgi kunda bu qonunga ba’zi bir joylarda amal qilinmayotgan hollar uchrab turibdi. Masalan, fuqarolar ishga kirish yoki boshqa arizalarni o’zbek tilida emas boshqa tillarda olib boradi. Lekin davlat tili o’zbek tilidir. Bundan boshqa millat fuqarolari mustasno.

4-modda.

O’zbekiston Respublikasida ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart.

O’z faoliyatida ko’ra aholiga xizmat ko’rsatish bilan bo’gliq shaxslar xizmat vazifasini bajarish uchun davlat tilini zarur bo’lgan darajada bilishlari lozim.

O’zbekiston Respublikasi o’zbek tilini bilmaydigan fuqarolarga respublika davlat tilini bepul o’rgatish va o’qitishni ta’minlaydi.

Yuqoridagi modda bo’yicha boshqaruv organlari rahbari ba’zi holatlarda faqatgina rus tilida muloqot olib boradi va hujjatlari ham shu tilda yuritadi vaholanki, o’zbek tili davlat tilidir. Boshqaruv organlari rahbarlari xizmat vazifalarini o’zbek tilida olib borishi kerak. Bunday holatlarda ularda o’zbek tilidan yetarli darajada bilimlari kamligi seziladi.

Shunday bo’lsa ham o’zbek tilini bilmaydigan fuqarolarga respublika hududida bepul ta’lim olish yo’lga qo’yilgan. Bundan keyingi yillarda har bir qonun hujjatlarimiz o’zbek tilida olib borilishi qonun loyihasiga kiritildi.



14-modda.

O’zbekiston Respublikasining hunar-texnika bilim yurtlarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida, ular qaysi mahkama ixtiyorida bo’lishdan qat’iy nazar, respublika davlat tilida, shuningdek, rus tilida, sharoitlar mavjud bo’lgan joylarda boshqa tillarda ham mutaxassislar tayyorlash ta’minlanadi.



O’zbekiston Respublikasida davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tili va respublikada qo’llanilayotgan boshqa tillarda ham mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’minlanadi.

Haqiqatdan ham bu moddaga hozirda to’liq amal qilinmoqda. Sababi, o’rta-maxsus va oliy o’quv yurtlarida o’qitish davlat tilida amalga oshirilmoqda. Hattoki, Yevro guruhlarda ham boshlang’ich sinfdan o’zbek tili darslari yo’lga qo’yilgan. Bundan ko’rinadiki, bu o’zbek tilini o’rganishga sharoit mavjudligidan dalolat beradi.
Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling