1
6
Kafillik shartnomasi №1
Do’stobod sh.
2019-yil “30” avgust
Bundan buyon matnda “Kreditor”
deb yuritiluvchi ,,Mikrokreditbank” AJ
nomidan Nizom hamda Ishonchnoma asosida ish yurituvchi Bankning Do’stobod
filiali boshqaruvchisi Oblamurodoov Bahron Qurbanovich bir tomondan va bundan
buyon matnda “Kafil” deb yuritiluvchi “Effekt Energo Servis” XK nomidan ustav
asosida ish yurituvchi SH.K. Akmalov ikkinchi tomondan quyidagilar haqida ushbu
shartnoma imzoladilar.
1. Shartnoma predmeti
1.1 Ushbu shartnomaga muvofiq Kafil, Kreditor va “Abdulaziz qorabayirlari”
fermer xo’jaligi o’rtasida tuzilgan Kredit shartnomasi bo’yicha
qarzdorning
barcha majburiyatlari ya’ni hozirda mavjud bo’lgan va keyinchalik kelajakda
vujudga kelishi mumkin bo’lgan majburiyatlarning
bajarilishi yuzasidan,
kreditor oldida chaqirib olinmaydigan tarzda va so’zsiz javob berish
majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
2. Kafillik bilan ta’minlangan majburiyatlar
2.1.
Ushbu shartnoma bo’yicha kafillik bilan ta’minlangan majburiyatlar asosi
bo’lib, Kreditor va Qarzdor o’rtasida 2019-yil “04”
iyunda quyidagi
shartlar asosida tuzilgan 25-sonli Kredit shartnomasi hisoblanadi:
Kreditning umumiy miqdori 41 300 (qirq bir ming uch yuz) AQSH
dollar.
Kafillik miqdori 40 000 000 (qirq million) so’m.
Kreditning qaytarilish muddati “01” avgust 2019-yildan “01”
avgust 2026 yilgacha.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar 6,5 (olti yarim) foiz.
2.2.
Kafil Kreditor oldida shu jumladan foizlar to’lash, qarzni undirib olish
bo’yicha sud chiqimlarini va qarzdor tomonidan majburiyatlar
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli neustoyka
va kreditor ko’rgan boshqa zararlarni to’lash
yuzasidan qarzdor bilan
baravar hajmda javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: