1
3
8.3 Tomonlarning foiz yoki penyalar toʻlashi shartnoma
shartlarini bajarish
majburiyatidan ozod qilmaydi.
8.4 Mazkur shartnomada belgilanmagan
holatlar uchun javobgarlik
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
9.
NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
9.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish
vaqtida yuzaga kelgan
kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
9.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan
hal etilmasa, ular
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.
10.
FORS-MAJOR HOLATLAR
10.1 Agar shartnoma imzolangandan soʻng
, Tomonlarning
erki va istagiga
bogʻliq boʻlmagan hamda oldindan koʻra bilib yoki oldini olib boʻlmaydigan,
favqulodda vaziyatlar oqibatidagi yengib boʻlmas kuch tufayli
Tomonlar mazkur
Shartnoma boʻyicha olgan majburiyatlarini qisman yoki toʻliq
bajara olmasalar
(fors-major), buning uchun ular javobgar boʻlmaydilar.
10.2 Tomonlar fors-major holatlari vujudga kelganligi va tugaganligi haqida
imkon qadar zudlik bilan yozma ravishda bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.
10.3 Fors-major xolatiga asoslanayotgan Tomon, vakolatli davlat idorasining
bunday xolatlarni vujudga kelganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatini taqdim etishi
shart.
Do'stlaringiz bilan baham: