Ish raqami: 4-1103-2301/619 Da’vogar: O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi,,Mikrokreditbank” aj manfaatida Javobgar
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kredit qarzdorlik ipk delo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarz oluvchining majburiyatlari
4.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI 4.1 Kreditorning majburiyatlari: 4.1.1 Qarz oluvchiga ushbu shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan miqdordagi kredit mabligʻini, shartnomaning 2.7-bandida belgilangan maqsadda foydalanish uchun ajratish. 4.1.2 Kreditdan foydalanish hisobini yuritish, kredit boʻyicha qarzni qaytarish va foizlarni hisoblash maqsadida ssuda hisobvaragʻini ochish. 4.1.3 Qarz oluvchini kreditni muddatidan oldin undirish sabablari haqida xabardor qilish. 4.1.4 Kredit mablagʻlari Kreditor tomonidan jalb etilgan resurslar hisobidan ajratilishi rejalashtirilgan hollarda, resurs beruvchining (Kreditor) shartlari bajarilganidan soʻng ajratish. 4.2 Qarz oluvchining majburiyatlari: 4.2.1 Kreditni va u boʻyicha hisoblangan foizlarni mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorda toʻliq qaytarish; 4.2.2 Kreditning qaytarilishini taʼminlash maqsadida tegishli tarzda rasmiylashtirilgan Kafillik va garov taqdim etish; 4.2.3 Kreditdan foydalanish davrida kreditlashning qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish tamoyillariga rioya qilish; 4.2.4 Qarz oluvchining moliyaviy ahvolini, kredit qaytarilishining moliyaviy imkoniyatlarini, kreditdan maqsadli foydalanilganligini va qurilish jarayoni holatini oʻrganish va tahlil qilish uchun Kreditorga har oyda soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balanslari, foyda va zararlar boʻyicha moliyaviy hisobotlar va boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish; Bunday hisobot Kreditorga chorak/oy tugaganidan soʻng bir oydan koʻp boʻlmagan muddat ichida taqdim etilishi shart. Har moliya yili yakunidan soʻng, 90 kun ichida mazkur moliya yili boʻyicha oʻrnatilgan buxgalteriya hisobi standartlariga asosan tayyorlangan, tegishli soliq idoralarida tasdiqlangan Qarz oluvchining toʻliq moliyaviy hisobotini taqdim etish. Bunday hisobot toʻliq auditorlik xulosasi va Qarz oluvchining rahbariyatiga yozilgan uning buxgalteriya hisobi va tartibi tizimining hamda moliyaviy nazorat 1 0 choralarining monandliligi (adekvatliligi) yuzasidan sharhlarni oʻz ichiga olgan auditorlarning xati bilan birgalikda taqdim etilishi lozim. Qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga, kreditning qaytarilishiga va foizlarning toʻlanishiga, shuningdek kreditlanayotgan loyihani amalga oshirilishiga salbiy taʼsir qiluvchi har qanday sezilarli oʻzgarishlar yoki vujudga kelgan sharoitlar haqida Kreditorga 7kun ichida xabar berish. 4.2.5 Kreditor xodimlarini maqsadli tekshirishlar (qarz oluvchining moliyaviy holati, hisob yuritish hamda hisobot berish ahvoli, kreditdan maqsadli foydalanish, kreditlangan tovar-moddiy boyliklarning hamda garovga qoʻyilgan mulkning saqlanish va butligi masalalari boʻyicha) oʻtkazishi uchun ishlab chiqarish, ombor, xizmat va boshqa binolarga kiritish, shuningdek ularning talablariga asosan birlamchi hisobot va buxgalterlik hujjatlari bilan tanishtirish; Maqsadli tekshirishlarni oʻtkazish muddati Kreditor tomonidan belgilanadi. 4.2.6 Oʻzining faoliyatini amalga oshirish va mazkur shartnoma shartlarini bajarish uchun lozim boʻlgan barcha ruxsat va litsenziyalarni oʻz vaqtida olish va ularni muddatini uzaytirish. 4.2.7 Tashkiliy-huquqiy shaklining oʻzgarishi yoki qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga oʻz taʼsirini oʻtkazuvchi har qanday boshqa qayta tashkil etish holatlari haqida Kreditorni Qarz oluvchi tashkiliy-huquqiy shaklining oʻzgarishi yoki moliyaviy ahvoli oʻzgarganligi toʻgʻrisida Kreditorni nechi kun oldin yozma ravishda xabardor qilish kerak kun oldin yozma ravishda xabardor qilish; 4.2.8. Moliyaviy ahvoliga taʼsir qiluvchi sud tartibida koʻrilayotgan nizolar hamda oʻzining moliyaviy holati boʻyicha kreditning qaytarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa oʻzgarishlardan Kreditorni 10 kun ichida xabardor qilish. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling