Tadbirkorlik shartnomalari shartlarini bajarish o'zgartirish va bekor qilish reja
Download 46.11 Kb.
|
TADBIRKORLIK SHARTNOMALARI SHARTLARINI BAJARISH O\'ZGARTIRISH VA
TADBIRKORLIK SHARTNOMALARI SHARTLARINI BAJARISH O'ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH Reja: Kirish O’zbekiston Respublikasida davlat xaridlari jarayonida shartnomalar tizimining nazariy asoslari Shatrnoma shartlarini bajarilishini ta’nimlash Davlat xaridlari bo’yicha xalqaro shartnomalarga qo’yiladigan talablar va “Inkoterms-2019” boyicha yuk yetkazib berishning bazis shartlari Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro’yxati KIRISH O’zbekiston Respublikasida davlat xaridlari jarayonining asosiy qismi bo’lgan shartnomalar tizimi tomonlar manfaatlarini aks ettiruvchi xujjatlardan biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilaѐtgan iqtisodiy islohotlarda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning1 1.2 – “Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish” bandida: iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish; mamlakatni ijtimoiy-siѐsiy va ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish masalalarini amalga oshirish belgilab berilgan. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri davlat xaridlarini boshqarish hisoblanadi. Davlat xaridlarini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish borasida O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun osti hujjatlari muhim o‘rin tutadi. Mazkur qonunda davlat xaridlarining asosiy prinsiplaridan biri davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati ekanligi qayd etilgan. Hozirgi kunda dunѐdagi ko‘plab mamlakatlar cingari O‘zbekicton Recpublikacida ham davlat xaridi tizimini icloh etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid jaraѐnlarining ochiq-oydinligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida elektron savdo jaraѐnlaridan foydalanish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish orqali savdolarda raqobatni kuchaytirish bo‘yicha qator tadbirlar amaliѐtga tatbiq etilmoqda2. Davlat xaridlarida shartnomalar tizimi, tomonlarning huquq va majburiyatlarini aks ettiruvchi xo’jalik shartnomalarining tasnifi va turlarini aks ettiruvchi maxsus qonun hujjatida belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi. Bunda “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat deyilgan. Ushbu Qonun xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilashdan iboratdir. Shartnomaviy munosobatlarni “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi”, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solish takidlab o’tilgan. Umuman olganda davlat xaridlari jarayonida shartomaviy munosabatlar elektron davlat xaridlari tizimida onlayn amalga oshiriladi. Tizimga axborot komunikatsiyalarinikeng joriy etish asnosida davlat xaridlari tizimida shaffoflikni bir muncha ta’minlashga erishildi, bundan tashqari har bir harid jarayonlari aniq ishlash jarayoni ko’rinib turadi. Download 46.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling