17-variant Mavzu: Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish Adabiyotlar sharhi


Download 39.54 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi39.54 Kb.
#1021506
Bog'liq
tadqiqot fanidan ma`ruza nazorat ishi


1-oraliq nazorat ishi
17-variant
Mavzu: Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish
Adabiyotlar sharhi
“Chet el investitsiyalari to`grisidagi” O`zbekiston Respublikasi qonunining 3- moddasida: ”Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo`shiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo`lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo`lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitisiyalar chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi.Chet ellik investorlar tomonidan O`zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalaridan olingan hamda O`zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo`shiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnikaviy yordam, texnik xizmat ko`rsatish uchun to`lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar reinvestitsiyalar deb e`tirof etiladi”1,deyilgan.
Prof. G`ozibekovning xorijiy investitsiyalar to`g`risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan:”Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini o`zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog`lash bo`lib, ichki investitisyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o`zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo`ylab kapital ko`chishi yuz beradi”2.
Iqtisod fanlari doktori N.Qo`ziyevaning ilmiy ishlarida xorijiy investitisiyalarning mohiyati to`grisida:”Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlarga turli ko`rinishdagi boyliklar (ko`char, ko`chmas mol-mulk, intellektual boyliklar va boshq.) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar, royalti, texnik ta`minot va boshqa mukofotlar)ni qo`yilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi”3.
Iqtisod fanlari nomzodi Q.Xoshimov ilmiy ishida:”chet el investitisiyalari-chet el mulkdorlari tomonidan ma`lum kapitalni bir iqtisodiyotdan mutlaqo boshqa mamlakat iqtisodiyotining qonun bilan ta`qiqlanmagan turli tarmoqlariga aniq va noaniq risklarni hisobga olgan holda, o`z manfaatiga erishish, nisbatan yuqori darajada samara olish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir”4, degan mazmunda ta`rif berilgan.
Professor E.Avdokushenning fikriga ko`ra, mamlakat xorij investitsiyalariga butunlikcha yo`l ochib berishni istamagan holda, balki investitsiyalarni ma`lum bir hududga yoki sohaga yo`naltirish niyatida, mamlakatning ba`zi yerlarida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qiladi. Uning qayd etishicha, so`nggi paytlarda davlatlar o`rtasida boshqa mamlakatlardan investitisiyalarni jalb qilish uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar borasida kuchli raqobat bormoqda. Demak, bundan xulosa qilsak, bu kurashda erkin iqtisodiy zona “jahon xo`jaligi miqyosida ko`chib yurgan kapitallar uchun o`ziga xos qopqon”5.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya to`grisida”gi qonuni.



  1. G`ozibekov D.G`. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari.-T.:”Moliya”, 2003.-B.45.



  1. Qo`ziyeva N.R. Xorijiy investitisiya ishtirokidagi korxonalar faoiliyatini rag`batlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish yo`nalishlari.Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref.-T.:BMA,2008.-B.11.



  1. Xoshimov Q.B. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va uni takomillashtirish yo`llari. Iqt. fan. nom. ilm. dar. ol. uch. yoz. diss. avtoref. T.:BMA,2004.-B.7.



  1. Авдокушин Е. Ф. Международные экономические отношения.М.:”Юрист”, 1999.C.162.


2-Topshiriq
Mavzu muammosi jadvali

No Mavzu nomi Mavjud muammolar.


Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish

1


1.Qulay investitisiya muhitining yo`qligi.

Milliy iqtisodiyotga



2.Xususiy mulk huquqlarini tartibga solish va himoya qilish sohasining nomukammaligi.
xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishning huquqiy as

7.Xomashyodan foydalanishdagi muammolar

6.Eksport-import amaliyotlarini amalga oshirishning qimmat hamda murakkabligi.

5.Hududlar ma`muriyatlarining investitsiya jalb qilishdan manfaatdor emasligi.

4.Investorlar uchun zarur axborot yo`qligi.

3.Malakali kadrlar yetishmasligi.
oslarini takomillashtirish
Download 39.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling