Tadbirkorlik shartnomalari shartlarini bajarish o'zgartirish va bekor qilish reja


SHARTNOMA SHARTLARI BAJARILISHINI TA’MINLASH GAROVI


Download 46.11 Kb.
bet3/5
Sana29.03.2023
Hajmi46.11 Kb.
#1308825
1   2   3   4   5
Bog'liq
TADBIRKORLIK SHARTNOMALARI SHARTLARINI BAJARISH O\'ZGARTIRISH VA

SHARTNOMA SHARTLARI BAJARILISHINI TA’MINLASH GAROVI.
O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeksining 259-moddasiga muvofiq majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning molmulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin. Shartnoma shartlarining bajarilishi garovini majburan qo‘llash bo‘yicha talab -davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunda mavjud emas. Biroq, ixtiyoringizga ko‘ra, tender yoki tanlov natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma tegishlicha ijro etilishi uchun pul kafolatini (garov ko‘rinishida) kiritish va qaytarish miqdori hamda tartibini belgilash mumkin. Shartnoma shartlarining bajarilishi garovi: ˗ shartnoma majburiyatlari bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish; ˗ shartnoma bajarilmagan taqdirda, moliyaviy yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish imkonini beradi. Tender yoki tanlov g‘olibining (ijrochisining) shartnoma shartlarining bajarilishi garovini shartnoma shartlari tegishlicha bajarilguniga qadar buyurtmachi garof sifatida o‘zida qoldirishi mumkin. Garovni qo‘yish va qaytarishning barcha shartlarini xarid hujjatlariga (tender va tanlov hujjatlari, e’lonlar / xabarnomalar, xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalari) va shartnomaga yozib qo‘yish joiz. Shartnoma shartlarining bajarilishi garovining quyidagi turlari mavjud:
1. Neustoyka – qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi. Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan va, qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi. Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.5
2. Garov – bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi. Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi. Davlat xaridlarida ijrochi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan hollarda davlat buyurtmachisining talablari garovga qo‘yilgan mulk hisobidan qoplanaishi mumkin.6 Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin. Garovga qo‘yiladigan mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga o‘tkazilganda garov zakalat deb hisoblanadi. Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish ipoteka hisoblanadi.7 Ko‘char mulk garovi garov egasi ixtiyoriga o‘tkazilishi va uning ixtiyorida qoldirilishi mumkin va kreditorga garovga qo‘yilgan narsaga bo‘lgan huquqdan voz kechilganligi to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkin. Ipoteka garovida mol-mulk kreditor ixtiѐriga o‘tkazilmaydi va mulkdor undan foydalanishga haqli. Ipoteka garovi bo‘linmaydi, hatto qarzdor qarzning bir qismini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham zakalat garovga qo‘yilgan butun mol-mulkka rasmiylashtiriladi. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlating va binolar (inshootlar) garovi davlat reestriga tegishli yozuv kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.8 E’tibor berish joizki, aylanmadagi tovar, shu jumladan xomashѐ, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar va tayyor mahsulot garovga qo‘yilganda, garovga qo‘yuvchi garov predmetini almashtirishga haqli, biroq tovarlarning umumiy qiymati garov to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan qiymatdan kam bo‘lmasligi kerak. Tovarlar garovga qo‘yilganda garovga qo‘yuvchiga tovarga ilova qilingan hujjatlarni berishi mumkin. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini ta’minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida etkazilgan zarar to‘lanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qo‘yilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari to‘lanishini ta’minlaydi. Garov to‘g‘risidagi shartnomada: ˗ nima garovga qo‘yilayotgani va garov kimda turishi; ˗ garovga qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati; ˗ garov bilan ta’minlanayotgan majburiyatning mohiyati, uning miqdori va ijro etish muddati ko‘rsatiladi. Garov to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlatish zarur.9 Garov predmeti sifatida har qanday mol-mulkni, shu jumladan, mulkiy huquqlarni qabul qilish mumkin, quyidagilar bundan mustasno: ˗ aylanmadan olingan mol-mulk;
˗ kreditorning shaxsi bilan uzviy bog‘liq talablar;
˗ qonunda yon berilishi taqiqlangan huquqlar.10
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qadriyatlar bo‘lgan ob’ektlar (ularning ro‘yxati hukumat tomonidan belgilanadi), hayoti ѐki sog‘lig‘iga etkazilgan zarar o‘rnini to‘ldirish to‘g‘risidagi talablar va hokazolarni garov predmeti sifatida qabul qilinmaydi. Mulkiy huquqlar va qimmatli qog‘ozlar garovga qo‘yilganda, garovga qo‘yuvchi bilan kelishilgan holda, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning qiymatini aniqlash zarur. Garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar buyurtmachi yoxud notarius depozitiga o‘tkazilishi mumkin. Ushlab qolish – bu majburiyatlar ijrosini ta’minlash usuli bo‘lib, u bo‘yicha kreditor qarzdorning narsasini u majburiyatlarni ta’minlagunga qadar ushlab turishga haqli.11
Kafolat (kafillik) – bu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni yozma shaklda ta’minlash usuli. Kafil qarzdorning majburiyatlari to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi uchun kreditor oldida javob.12 Subsidiar va solidar kafillik mavjud. Subsidiar kafillikda kreditor qarz undirilishi uchun dastlab qarzdorga va bunday undiruvning imkoni bo‘lmasagina kafilga murojaat qiladi. Solidar kafillikda kreditor majburiyatlar bajarilishini bevosita kafildan yoki bir vaqtda ham kafildan, ham qarzdordan talab qilishga haqli. Agar shartnomada kafillik turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, solidar javobgarlik qo‘llaniladi.13 Shartnoma shartlarini bajarish garovi turi sifatida kafolatni rasmiylashtirishda 3 ta tomon ishtirok etadi: - kafil - benifitsiarga kafillik shartnomasida belgilangan summani to‘lash majburiyatini oluvchi bank (boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti) ; - prinsipal – ta’minotni berish tashabbuskori va murojaat etuvchisi. U majburiyat yuzasidan asosiy qarzdor bo‘lib, majburiyatning ijrosi buyurtmachiga kafolat orqli ta’minlanadi (ijrochi); - benefitsiar – asosiy majburiyatning kreditori, uning foydasiga kafolat ta’minlanadi (davlat ѐki korporativ buyurtmachi). Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olaѐtgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida ѐzma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga ѐzma majburiyat beradi. Kafolat bo‘yicha pul summasini to‘lash haqidagi talabni benefitsiar kafolatda ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan va asosiy majburiyatni buzish nimadan iboratligini ko‘rsatgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etadi. Kafil benefitsiarning talabini olganidan so‘ng bu haqda darhol prinsipalni xabardor qiladi va unga talabning nusxasini barcha tegishli hujjatlar bilan topshiradi.14 Agar kafolat bo‘yicha talablar: - kafolat shartlariga mos kelmasa; - kafolat muddati tamom bo‘lganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, kafil ularni qondirishni rad etishga haqli.15 Kafolat: - kafolat summasi benefitsiarga to‘langanda; - kafolat muddati tamom bo‘lganda; - benefitsiar kafolatdan voz kechganda va uni kafilga qaytarib berganda; - benefitsiar kafilni kafolat bo‘yicha majburiyatlardan ozod qilishi haqida yozma ariza berganda bekor bo‘ladi. Kafolat kelishuvida kafilning prinsipaldan kafolat bo‘yicha to‘langan summalarni regress tartibida to‘lashni talab qilish huquqi belgilab qo‘yiladi, kafolat majburiyatlari lozim tarzda bajarilmaganligi uchun to‘langan pul mablag‘lari bundan mustasno.16 Zakalat (shartnoma tuzaѐtgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beradigan pul summasi) to‘g‘risidagi bitim, summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuziladi.17 Agar majburiyat tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoxud ijro etish imkoni yo‘qligi tufayli u ijro etilishidan oldin tugatilsa, zakalat qaytariladi. Agar shartnoma bajarilmasligi uchun zakalat bergan tomon javob bersa, zakalat ikkinchi tomonda qoladi. Agar shartnoma bajarilmasligi uchun zakalat olgan tomon javob bersa, u boshqa tomonga zalakat summasini ikki hissa to‘lashi shart. Bundan tashqari, shartnoma bajarilmasligi uchun javobgar tomon, zakalat summasini hisoblab, boshqa tomonga zarar o‘rnini to‘ldirishi shart.18



Download 46.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling