Tanaffus vaqtlari shunday vaqtki, bu vaqt davomida ijrochi ishni yoki xizmatni bajarishda bevosita qatnashmaydi. Tanaffus vaqti normalashtirilgan tanaffuslarga va normalashtirilmagan tanaffuslarga bo’linadi. Normalashtirilgan tanaffus vaqtiga dam olish uchun, shaxsiy ehtiyojlar uchun, ish paytidagi jismoniy tarbiya uchun hamda mavjud texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan tanaffus vaqti kiradi. Ishlab chiqarish topshiriqlarida, qabul qilingan texnologik jarayonda ko’zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ishlarni bajarishga sarflangan vaqtni va behuda ketgan unumsiz ish ish vaqtini o’z ichiga olishi mumkin. - Ishlab chiqarish topshiriqlarida, qabul qilingan texnologik jarayonda ko’zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ishlarni bajarishga sarflangan vaqtni va behuda ketgan unumsiz ish ish vaqtini o’z ichiga olishi mumkin.
- Tasodifiy ish vaqti – ishlab chiqarish topshirig’ida ko’zda tutilmagan, biroq topshiriqni bajarishning borishida unga ehtiyoj tug’ulishidan vujudga kelgan operatsiyani ijro etishga sarflangan vaqtdir.
Unumsiz ish vaqti – bu, mahsulot tayyorlashga ketgan qo’shimcha vaqt bo’lib, uning natijasida mahsulot miqdori ko’paymaydi, sifati ham yaxshilanmaydi. Unumsiz ish vaqti sarfiga, masalan, mahsulotdagi, tayyorlangan buyumdagi nuqsonni(brakni) tuzatishga, zagatovkalardagi ortiqcha pripusklarni to’g’rilashga ketgan vaqt hamda smena almashishga normadan ortiqcha sarflangan vaqt va shu kabilar kiradi. - Unumsiz ish vaqti – bu, mahsulot tayyorlashga ketgan qo’shimcha vaqt bo’lib, uning natijasida mahsulot miqdori ko’paymaydi, sifati ham yaxshilanmaydi. Unumsiz ish vaqti sarfiga, masalan, mahsulotdagi, tayyorlangan buyumdagi nuqsonni(brakni) tuzatishga, zagatovkalardagi ortiqcha pripusklarni to’g’rilashga ketgan vaqt hamda smena almashishga normadan ortiqcha sarflangan vaqt va shu kabilar kiradi.
- Tanaffus vaqti – jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bo’sh turib qolishdir. Uni normalashtirilgan va naormalashtirilmagan tanaffuslarga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |