Ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 25-mavzu Ish vaqti
Download 0.94 Mb.
|
Ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 25-mavzuIsh vaqtiHozirgi jamiyatda ishchi va xizmatchilar mehnati mazmuni va murakkabligi bilan farqlanadi. Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 115-modda Dam olish vaqti va bayram kunlariO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning mehnat huquqi dam olish huquqi bilan to‘ldiriladi. Dam olish huquqi deganda xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan va bundan ular o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqt tushuniladi. Dam olish huquqining aniq ko‘rinishiga qonun tomonidan belgilangan ish vaqti davomidagi tanaffuslar (ish boshlanganidan keyin uzog‘i bilan 4 soatdan keyin), kundalik dam olish (ish kunlari va smenalari orasida), haftalik dam olish kunlari, bayram (ishlamaydigan) kunlari va ta’til kiradi.Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 126-modda Dam olish vaqti:— dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (uzog‘i bilan 2 soat);— kundalik dam olish (kamida 12 soat);— dam olish kunlari (5 kunlik ish haftasida — ikki kun, 6 kunlik ish haftada — bir kun);— dam olish kunlari ishlash taqiqlanadi (ayrim xodimlarni alohida hollardagina ishga jalb etishga yo‘l qo‘yiladi, bunda mehnatga haq ikki hissa miqdorda to‘lanadi);— yillik ta’tillar (eng kami — 15, eng ко‘pi — 48 ish kuni);— bayram kunlari.Bayram (ishlanmaydigan) kunlari:— 1-yanvar — Yangi yil;— 8-mart — Xotin-qizlar kuni;— 21-mart — Navro‘z bayrami;— 9-may — Xotira va qadrlash kuni;— 1-sentabr — Mustaqillik kuni;— 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;— 8-dekabr — Konstitutsiya kuni;—Ro‘za Hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;—Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.Mehnat shartnomasining bekor qilinishiMehnat kodeksiga binoan (99-modda, 1 q.) xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.Agar shartnomada uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun neustoyka to‘lashi haqidagi o‘zaro majburiyatlari nazarda tutilgan bo‘lsa, unda ish beruvchi xodimdan shartlashilgan pul summasini to‘lashini talab qilishga haqli.Neustoyka (jarima) — qonun yoki shartnoma bilan belgilangan pul summasi bo‘lib, uni qarzdor kreditorga o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganida to‘lashga majburdir.Arizani berish kuni bo‘lib uni ish beruvchi olgan kun hisoblanadi, mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati ariza berilgan kundan keyingi kun hisoblanadi.Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishni davom ettiraversa, unda mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi.Savol va topshiriqlar:1. Ish vaqti va dam olish vaqti tushunchalariga nimalar kiradi?2. Besh va olti kunlik ish haftalarida ish vaqti necha soatni tashkil etadi?3. Voyaga yetmaganlar ishining xususiyati nimada?4. Respublikada qaysi kunlar bayram kunlari deb belgilangan?5. Kundalik dam olish necha soat davom etishi kerak?6. Navbatdagi mehnat ta’tili necha oy ishlanganidan keyin beriladi?Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling