Ish vuritishning


Download 26.09 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi26.09 Kb.
#1070226
1   2   3   4
Bog'liq
Ish yuritish-5-си

Shaxsiy hujjat— bu „shaxs o‘z xizmat faoliyati yoki jamoatchilik vazifalarini bajarish doirasidan tashqarida yaratgan hujjat“dir1 2.
Rasmiy hujjat — bu yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan yaratilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan hujjat.
Rasmiy hujjat boshqaruv faoliyati uchun zarur xususiyat — yuridik kuchga ega bo‘ladi. Bu hujjat unda ifodalangan axborotning haqiqiy isboti bo'lib xizmat qilishi mumkinligini anglatadi. Rasmiy hujjatning yuridik kuchga ega ekanligi u kimga bevosita modjallangan bo'lsa, o‘sha shaxslar yoki boshqaruv faoliyatining barcha ishti- rokchilari (boshqaruv organlari, ularning tarkibiy bo'linmalari, jamoat tashkilotlari, niansabdor shaxslar va fuqarolar) uchun majburiyligini nazarda tutadi.
Hujjatning yuridik kuchi: rasmiy hujjatning amaldagi qonun hujjatlari, bu hujjatni qabul qilgan organ vakolati hamda belgilab qo‘yilgan rasmiylashtirish tartibi bilan belgilanadigan xossasi.
Bu ta'rifdan ko‘rinadiki, hujjatlashtirish paytida qonun hujjatlarining amaldagi normalarini, muallifning vakolatini hisobga olish va hujjat yaratilayotgan paytda amalda bo‘lgan bunday hujjatni tuzish va rasmiylashtirishning umumdavlat miqyosidagi qoidalariga rioya qilish lozim.
Hujjatlar boshqaruv faoliyatining majburiy elementi sifatida amal qiladi. Ular boshqaruv faoliyatining vositasi ham, uning mahsuli hamdir. Hujjatlaming ushbu o‘mi ulaming ko‘p vazifaliligi, ya’ni har xil vazifalari mavjudligi bilan belgilanadi. I
Hujjatlar bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar yoki funksiyalarhi shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: j
1) axborot funksiyalari (informatsion funksiya, ijtimoiy, siyosjy
va kommunikativ funksiyalar); . j
2) boshqarav jarayonini ta’minlovchi funksiyalar (boshqaruy,
huquqiy, hisob yuritish funksiyalari); !
3) madaniy-tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalar (madaniy
funksiya, tarixiy manba funksiyasi). j
Axborot fimksiyasi shu bilan belgilanadiki, hujjatda axbordt o‘zining moddiy ifodasini topadi. Bu funksiya barcha hujjatlarga xosdir, chunki axborotni qayd etish zarurati — har qanday hujjatning paydo bo‘lish sababidir.
Shunday qilib, axborotni vaqtda va makonda qayd etish ya uzatish, binobarin, qayd etilgan axborotni saqlash, shuningdek, undan foydalanish imkoniyati axborot funksiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Hujjatlar axborot funksiyasini bajarar ekan, muayyan axborcjt sig‘imi (informatsion salohiyat)ga ega bo‘ladi, ya’ni axborotning muayyan miqdori va sifati bilan tavsiflanadi. Hujjatning axborojt sig‘imi axborotning to'liqligi, optimalligi va muhimligi katji ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi.
Hujjatda ifodalanadigan eng muhim axborot bu ijtimoiy axborot, ya’ni jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar haqidagi axborotdir. Bu hujjatning ijtimoiy funksiyasini uning mustaqil funksiyasi sifatida ajratish imkonini beradi. Tarix, manbashunoslik kabi fanlar zamirida ijtimoiy axborotni o'rganish yotadi.
Umuman olganda, har bir hujjat ijtimoiy funksiyani bajarishi mumkin, chunki u muayyan ijtimoiy ehtiyoj tufayli yuzaga keladi.
Biroq ijtimoiy funksiyani bajaruvchi u yoki bu hujjatning ahamiyati har xil bo‘lishi mumkin. Boshqaruv hujjatlari (masalani hukumat qarorlari) fuqaroga ish joyidan berilgan malumotnomaga qaraganda muhimroq ahamiyatga egadir. !
Hujjatlami rasmiylashtirish bo‘yicha davlat standartlari ham ijtimoiy funksiyani bajaradi, chunki hujjatlami rasmiylashtirishning mamlakat (tarmoq) tomonidan erishilgan texnika taraqqiyotining muayyan darajasini ko‘rsatuvchi ma'lum vositalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Hujjatlar nafaqat jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarni aks ettirishi, balki ijtimoiy rivojlanishga ta'sir ko'rsatishi ham mumkin.
Har bir hujjat faoliyatning muayyan sohasi haqida maMumot berishi, ijtimoiy munosabatlarni tavsiflashi mumkin. Biroq ayrim hujjatlargina o‘rganilsa, bu tavsif to‘liq bo‘lmaydi. Ayrim hujjat bir faoliyat tarmog'iga, vaqtdagi va makondagi bir davrga mansub bo‘lgan turdosh hujjatlarlarning boshqa guruhlariga solishtirilsa, axborotning aniqlik darajasi ortadi.
Hujjatning ijtimoiy funksiyasi shaxsga berilgan ijtimoiv tavsifda, ya'ni (ijtimoiy mavjudot sifatidagi) u yoki bu shaxsning muayyan ijtimoiy tuzilmadagi o'rni, roli hamda faoliyatini aks ettirishda ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Hujjatning
Download 26.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling