Ish vuritishning
Download 26.09 Kb.
|
Ish yuritish-5-си
siyosiy funksiyasi uning ijtimoiy funksiyasi bilan uzviy bog'liq. Hujjatlar siyosiy jarayon haqidagi, ya'ni davlatning ichki va tashqi siyosati, siyosiy partiyalar faoliyati, muxolifat, liderlar haqidagi axborotni qayd etish va saqlash orqali o‘z siyosiy funksiyasini bajaradi.
Hujjatning kommunikativ funksiyasi shundan iboratki, uning asosiy vazifasi — axborotni vaqtda va makonda uzatish. Unga ayrim informatsion holat sifatida yondashish mumkin, chunki uning mazmuni — jamiyatdagi individuumlar, ijtimoiy tuzilmaning har xil elementlari o‘rtasida informatsion aloqani tashkil etish va quv- vatlash. Hujjatning bu funksiyasi yordamida g‘oyalar, ma'lumotlar, xissiyot almashinuvi amalga oshiriladi. Mazkur almashinuv bir tomonlama, ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama bo'lishi mumkin. Bir tomonlama axborot almashinuvi bir yo'nalishda — yuqoridan quyiga (qonunchidan ijrochiga) qarab harakatlanish uchun mo‘ljallangan hujjatlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ikki tomonlama axborot almashinuvi bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan hujjatlar (shartnomalar, bitimlar, xizmatga doir yozishmalar va b.) yordamida amalga oshiriladi. Ko‘p tomonlama axborot almashinuvi butun jamiyatga axborot berish uchun mo'ljallangan hujjatlar (dekretlar, deklaratsiyalar, kodekslar, qonunlar va h.k.) yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda hujjatning kommunikativ imkoniyatlari sezilarli darajada ortdi, chunki axborot uzatish tezligi oshdi, undan Intemet, E-mail (elektron pochta) yordamida foydalanuvchilar doirasi kengaydi. Kelajakda kommunikativ funksiyaning roli faqat oshjib boradi, chunki axborot hajmlari, foydalanuvchilar soni yildan yilga ko'payib bormoqda, boshqamv jarayonini hujjatlar bilan ta'minlash texnologiyasi o'zgarmoqda. ' Boshqaruv funksiyasida hujjat boshqaruv faoliyatining vositasi sifatida amal qiladi. Bu funksiyani boshqaruv maqsadlari uchun jva uni amalga oshirish jarayonida, qarorlar qabul qilish jarayonini ta’minlash uchun yaratilgan hujjatlar bajaradi. Boshqaruv funksiyasiga ega bo'lgan hujjatlar asosiy axborot manbai hisoblanadi va boshqamvni axborot bilan ta'minlashda muhim rol o'ynayjJi. Ulaming yordamida boshlang'ich ma’lumotlami, ishlaming haqiqiy holati to‘g‘risidagi axborotni yig'ish amalga oshiriladi. So‘ngra jbu ma’lumotlar tizimga solinadi va umumlashtiriladi hamda hisobotlhr, ma’lumotnomalar va boshqa shunga o'xshash hujjatlarda ifodalanajdi. Buning natijasi o'laroq ishlarning holati, masalalarning taljlif qilingan yechimlarini tahlil qilish va baholashga bag‘ishlangan hujjatlar yuzaga keladi. Boshqarav hujjatlari boshqamv bosqichlari, bo‘g‘inlari va sikllarini o‘ziga xos taizda aks ettiradi va o‘zlari ham boshqamv sohasiga ta’sir ko'rsatadi. Huquqiy funksiyada hujjat jamiyat, davlat, muassasa, korxona, tashkilot faoliyatining har xil tomonlarini tartibga solish vositasi sifatida amal qiladi. Hujjatning huquqiy funksiyasi huquqiy normalar va huquqiy munosabatlaming qayd etilishi, mustahkamlanishi va qo'llanilishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy funksiyani bajaradigan hujjatlarning ikki gurjihi mavjud: 1) avvalboshdan huquqiy funksiyani bajamvchi hujjatlar; 2) huquqiy funksiyani vaqtinchalik bajaruvchi hujjatlar. Birinchi qismga huquqiy normalar va huquqiy munosabatlami belgilovchi, mustahkamlovchi va o‘zgartimvchi yoki ularning amal qilishini tugatuvchi hujjatlarni, shuningdek, yuridik oqibatlajrga sabab bo'luvchi hujjatlarni kiritish mumkin. Bunday hujjajtlar qatoriga vakillik va boshqaruv oiganlarining huquqiy hujjatlari, ya’ni davlat hokimiyati organlarining barcha huquqiy hujjatlari (qonunlar, farmonlar, qarorlar va b.), sud, prokuratura hujjatlari, notarial hujjatlar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar tomonidan qabul qilinadigan va muayyan yuridik oqibatlarga sabab bo'ladigan boshqaruv hujjatlari (buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, ustavlar, yo‘riqnomalar, qoidalar va b.), shuningdek, huquqni qo'llash amaliyotidan dalolat bemvchi hujjatlar kiradi. Ayni shu guruhga: — shartnomaviy hujjatlar, ya’ni shartnoma munosabatlarini qayd etuvchi hujjatlar; — huquqiy hujjatlarning huquqiy munosabatlarni bevosita keltirib chiqaruvchi, o'zgartimvchi yoki ularga barham bemvchi belgilariga ega bo'lmagan, biroq muayyan huquqiv maqomga ega bo'lgan hujjatlar (tug'ilganlik to‘g‘risida guvohnomalar. pasportlar, diplomlar, attestatlar, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar va sh.k.); — oqlovchi moliyaviy hujjatlar (dalolatnomalar, yukxatlar, to‘lov topshiriqlari va b.) ham kiradi. Ikkinchi guruhga sudda, tergov organlarida, prokuraturada, notariatda, arbitrajda va boshqaaiv organlarida dalil sifatida taqdim etish mumkin bo'lgan hujjatlar kiradi. Masalan, attestatsiya komissiyasi majlisining bayonnomasi asosida Yagona tarif setkasi bo'yicha xodim mehnatiga haq to‘lash darajasini tasdiqlash haqida buymq chiqariladi. Muayyan sharoitda hujjat dalil bo'lishi, ya'ni vaqtinchalik huquqiy funksiyani bajarishi mumkin. Nohuquqiy hujjatlardan huquqiy hujjatlarni qabul qilish uchun asos sifatida foydalaniladi. Masalan, rejalashtirish hujjati uni tasdiqlovchi farmoyish hujjatining qabul qilinishiga asos bo‘lishi mumkin. Huquqiy funksiyani bajaruvchi hujjatlar negizida muayyan huquqiy munosabatlar, masalan: ma’muriy huquqiy muno- sabatlar, mehnatga doir huquqiy munosabatlar yuzaga keladi. Hujjatning hisob yuritish funksiyasi, awalo, hujjatda ifoda- langan axborotning miqdor jihatini tavsiflaydi. Formallashtirilgan raqamli ko‘rinishda taqdim etilgan hisob yuritish axboroti yordamida davlat, uning hokimiyat va boshqamv organlari xo‘jalik faoliyatining barcha hodisalari tizimga solinadi va aks ettiriladi. Hisob yuritish funksiyasini bajaruvchi hujjatlar, odatda, davlat organlari tomo- nidan tasdiqlangan bir xillashtirilgan (unifikatsiya qilingan) shakllarga ega bo'ladi. Ularda axborot taqdim etishning muayyan tuzilishi oldindan ishlab chiqiladi va beigilab qo'yiladi. Hisob yuritishning asosiy turlari — statistika hisobi, buxgalteriya hisobi va operativ hisob — statistik, moliyaviy-iqtisodiy, rejalash- tirish, hisobot hujjatlari hamda ayrim axborot-ma'Iumot hujjatlarini tuzish yo‘li bilan ifodalanadi. Hisob yuritish nafaqat miqdor ko'rsatkichlarini ifodalash, balki tahlil, nazorat qilish, haqiqatni isbotlash uchun ham zarur. Hisob yuritish hujjatlari boshlang‘ich, yig‘ma bo'lishi mumkin. Ular axborotni o‘zgartirish bosqichlarini va undan foydalanish imkoniyatini boshqa hujjatlarga qaraganda aniqroq ko'rsatadi. Hujjatning madaniy funksiyasi hujjat madaniy an'ana, madaniy merosni mustahkamlash va avlodlarga qoldirish vositasi sifatida amal qilgan holda namoyon bo‘ladi. Hujjatlarda bilimlar, an’analar, urf- odatlar, ko‘nikmalar, axloqiy normalar, mentalitet (fikrlash tarzi), qadriyatlarga munosabat va hokazolar haqidagi axborot aks ettiriladi. Shu ma'noda hujjat axborotni qayd etuvchi madaniy andaza sifatida tavsiflanishi mumkin. Hujjatning madaniy funksiyasini faoliyatning muayyan sohasini (texnika, fan, tasviriy san’at va boshqalarni) tavsiflovchi hujjatlar majmui yaxshiroq bajaradi. Bunday hujjatlar majmuini tahlil qilish orqali ilmiy va badiiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlarini, muayyan bosqichdagi axloqiy va estetik prinsiplarni, an’analar, urf-odatlar, xulq-atvor normalari va hokazolarning rivojlanishi va o‘zgarishini kuzatish mumkin. Shuningdek, hujjat tarixiy manba funksiyasini ham bajaradi. Hujjatning bu funksiyasini manbashunoslik va diplomatiya tarixi kabi fanlar o‘rganadi. Ular hujjatni uning shakli va mazmuni, kelib chiqishi, muallifi, tili, hujjat qaysi material asosida yaratilishini tahlil qilish yo‘li bilan o‘rganadi. Tarix fani uchun hujjatning sifati axborotning aniqligi, muayyanligi, yangiligi va to'liqligi bilan, shuningdek, hujjatning yuridik, siyosiy va madaniy ahamiyati bilan belgilanadi. Shunday qilib, hujjat bir vaqtning o‘zida bir nechta funksiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bu funksiyalar hujjatda o‘zaro bog'liq, biroq ularning har biri har xil vazifani bajaradi. Boshqaaiv hujjatlarida boshqaaiv funksiyasi yetakchilik qiladi, biroq, ayni vaqtda, bu hujjatlar boshqa funksiyalami — axborot, huquqiy, kommunikativ funksiyalar hamda ijtimoiy, tarixiy manba funksiyalarini ham bajaradi. Hujjat funksiyalarining roli vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunda hujjatda ifodalangan axborot o‘z tezkorlik va muhimlik xususiyatlarini yo‘qotib, retrospektiv axborotga avlanadi, hujjatning ta'sirchanligi, me'yoriy va tartibga soluvchi ahamiyati yo'qoladi. Doimiy xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalar (axborot, madaniy, ijtimoiy, tarixiy manba funksiyalari) amal qilish vaqti cheklangan, tezkor xususiyatga ega bo'lgan funksiyalar (siyosiy, kommunikativ, boshqaruv, huquqiy, hisob yuritish funksiyalari)ni siqib chiqaradi. Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling