Ish yujjatlarining turlari Rasmiy hujjatlar Shaxsiy hujjatlar


Download 25.38 Kb.
bet4/8
Sana03.01.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1076579
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4. ISH QOG’OZLARINING ASOSIY TURLARI

Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o’tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani, ba’zan esa ilgarigi yoki boshqa hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi.
Ba’zan farmoyishdan so’ng buyruqqa asos bo’lgan hujjat nomi ham ko’rsatiladi.
Buyruqning loyihasi uning bajarilishi aloqador bo‘lgan barcha mutasaddi kishilar tomonidan imzolanishi lozim. Eng muhimi, u tashkilot yoki muassasa huquqshunosi ko‘rigidan o‘tishi va uning ham imzosi bo‘lishi shart. Shunday qilinganda bu hujjat huquqiy jihatdan asosli va mustahkam bo‘ladi. Chunki huquqshunos unga imzo chekishdan avval buyruqning qonuniy jihatlari to‘g‘risida o‘ylab ko‘radi, uning amaldagi qonunlar, hukumat va tegishli vazirliklar hamda shu tashkilot tomonidan avval chiqarilgan buyruqlarga mos kelish-kelmasligini tekshirib ko‘radi.
Kadrlar to‘g‘risidagi buyruqlar bu hujjatning ikkinchi bir turini tashkil etadi. Ular xodimlar ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, shu tashkilot yoki muassasa ichida boshqa vazifaga o‘tkazilganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda yoki ma’naviy-moddiy rag‘batlantirilganda, boshliq ta’tilga ketib, uning o‘rniga vaqtinchalik o‘rinbosari yoki boshqa bir xodim tayinlanganda, xodim malaka oshirishga yoki xizmat safariga jo‘natilganda chiqariladi. Bunday buyruqlarga odatda quyida ishlaydigan rahbar va boshliqlarning bildirishnomasi yoki tavsiyanomasi, xodimning arizasi yoki boshqa omillar asos va sabab bo‘lishi mumkin.
Zarur bo‘lgan holatda ijro etuvchilarga, xodimga yoki taqdim etilishi lozim bo‘lgan idoraga buyruqdan ko‘chirma beriladi. Unga kadrlar bo‘limining boshlig‘i Asliga to‘g‘ri deb yozadi, imzo chekadi va muhr bosadi. Bu mazmundagi buyruqlar ham albatta yuqorida aytilgan tartibda huquqShunos ko‘rigidan o‘tkaziladi.
DALOLATNOMA.
Hujjatning bu turi ilgari akt deb yuritilgan bo‘lib, ish jarayonida xodim yoki tashkilot va uning bo‘linmalari faoliyatida biron bir voqyea-hodisaning yuz berganligini tasdiqlash maqsadida tuziladi hamda bir necha kishi, asosan Shu ishga aloqador bo‘lgan mas’ul xodimlar tomonidan imzolanadi. Agar u tekshirish natijalariga ko‘ra tuzilsa, bir kishi – taftishchi yoki nazoratchi tomonidan imzolanishi ham mumkin.
Dalolatnoma ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa moliya va hisob-kitob ishlarini yo‘lga qo‘yishda, umuman pul va materiallar hisob-kitobi bilan bog‘liq holatlarda keng qo‘llaniladi.
«Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rahbarlik almashtirilayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatdor buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash jarayonlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi» (Aminov M. Ish yuritish. – T.:O‘zME, 2000, 186-bet). Kitobda ularning har birining rasmiylashtirilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar alohida tarzda ko‘rsatib berilgan.
Dalolatnoma u tuzilayotgan tashkilot yoki muassasa, nima maqsadda tuzilayotganligini ifodalovchi sarlavha, o‘rtadan yoziladigan Dalolatnoma degan so‘z, tuzilgan vaqti va joyi, yangi qatordan uni tuzish uchun asos bo‘lgan qaror yoki ko‘rsatma, dalolatnomani tuzuvchilar tarkibi, bu jarayonda ishtirok etuvchilar, dalolatnoma matni mazmuni, kerak bo‘lgan holda ilovalar berilsa, ularning necha sahifa ekanligi, tuzgan va ishtirok etganlarning imzosi singari zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi. Lozim bo‘lgan o‘rinlarda dalolatnoma tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidan ham tasdiqlanadi.
Dalolatnoma matnining sarlavhasi “...haqida” shaklida yoki bosh keishikda (“...-ish ahvoli”) yoziladi. Asosiy matn esa kirish va tasdiq (qayd) qismaridan iborat bo’lishi lozim.
Kirish qismida hujjat tuzilishiga asos bo’lgan holat ko’rsatiadi, komissiya tarkibi to’liq yoziadi.
Tasdiq qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar qayd etiadi, aniqlangan hoatlar yuzasidan taklif va xulosalar beriladi. Matn so’ngida daloatnomaning necha nusxada (odatda uch nusxa) tayyorangani ko’rsatilishi lozim.

Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling