Ish yuritish sistemasi va uning turlari


Download 55.22 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi55.22 Kb.
#1213004
Bog'liq
Ish yuritish sistemasi va uning turlari 12

Ish yuritish sistemasi va uning turlari

Axborotni turli qayd etish vositalariga belgilangan qoidalarga binoan yozish hujjatlashtirish deb ataladi. Sodda qilib aytganda, hujjatlashtirish — bu hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish jarayonidir. Hujjatlashtirish tabiiy tilda (qo‘lyozma, mashinada yozish) yoki sun’iy tillarda tegishli axborotni qayd etish vositalari (magnit tasmalari, disklar, lazer disklari, disketalar va b.) yordamida amalga oshirilishi mumkin. Aksariyat hollarda hujjatlashtirish majburiy hisoblanadi, qonunlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan belgilab qo'yiladi. 2003-yil 11- dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining „Axborotlashtirish to‘g‘risida“gi Qonuniga muvofiq, axborot resurslari (ma'lumotlar bazasi, axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi ma'lumotlar bazasi) jismoniy, yuridik shaxslar hamda davlat munosabatlarining obyektlari hisoblanadi va boshqa resurslar bilan bir qatorda muhofaza qilinadi. Qonunda axborot resurslarini yaratish, saqlash va ulardan foydalanishning huquqiy rejimi, xususan: axborotni hujjatlashtirish tartibi; ayrim hujjatlarga va ayrim hujjatlarning massivlariga, axborot tizimlaridagi hujjatlarga va hujjatlarning massivlariga bo‘lgan mulk huquqi; axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo‘yicha toifalari; axborotni huquqiy muhofaza qilish tartibi belgilangan.


Download 55.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling