"Ish yuritish tili, uslubi va terminlari" mavusida referat yozish


Download 0.76 Mb.
bet3/3
Sana18.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1283392
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
3-amaliy

& O‘qish uchun material

Har qanday tashkilotning faoliyati hujjatlarning turli ko‘rinishlarida o‘z aksini topadi. Tashkiliy hujjatlar o‘zaro bog‘liq hujjatlar majmui bo‘lib, quyidagilarni qat’iy belgilab beradi:



  • tashkilot, muassasa yoki korxonaning strukturasi (tuzilishi) va vazifalari;

  • ularning ish faoliyatini qanday tashkil qilish;

  • ularning rahbariyati hamda xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.

Tashkiliy hujjatlarda, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalar ham aks etadi.
Tashkiliy hujjatlarning turlariga nizom, ustav, shartnoma, ta’sis shartnomasi, yo‘riqnoma, lavozim yo‘riqnomasi, shtat jadvali, mehnat tartiboti qoidalari, xizmat guvohnomasi, xizmat safari guvohnomasi va boshqalar kiradi.
Ikki va undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuv shartnoma deyiladi. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Unda hujjatni imzolagan tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi.
Nizom – tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari tuzilishi, huquqlari, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizomning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardir:
1. Tasdiqlash ustxati.
2. Muassasa (tarkibiy qism) nomi.
3. Hujjat nomi (Nizom).
4. Hujjat matni:
– muassasa tuzilishining maqsad va vazifalari;
asosiy vazifalari;

  • muassasa tuzilishi (strukturasi);

  • muassasaning huquqlari;

  • muassasada ishni tashkil qilish tartiboti.

5. Sana va joy.
Yo‘riqnoma qonun yoki boshqa normativ hujjatlarni tushuntirish maqsadida tuziladigan huquqiy hujjat bo‘lib, davlat organlari tomonidan chiqariladi.
Yo‘riqnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tasdiqlash ustxati.
2. Yo‘riqnoma tuzilgan vaqt (sanasi) va uning tartib raqami, shartli raqami (indeksi).
3. Hujjatning sarlavhasi, nomi (Yo‘riqnoma).
4. Matn:
1) kirish qismi;
2) bo‘limlar va kichik bo‘limlar;
3) yakuniy qism.
5. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, familiyasi, imzosi.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling