Ishchi daftar
Download 359.05 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi
Masalan: Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik eskirish me’yori eskiradigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni tashkil etadi.
Eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). eskirishni hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo‘yicha har yillik eskirish summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin. Eskirishni hisoblashning ishlab chiqarish usulida eskirishning yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko‘rsatkichi hamda asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishini tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul). Ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha eskirishni hisoblash davrida aktivning eskiradigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo‘yicha eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan eskirish me’yori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha eskirishni hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirib tashlanmaydi. Ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik eskirish summasi asosiy vositalar obektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan eskirish meyoriga asoslangan holda aniqlanadi. Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to‘g‘ri chiziqli usulda yillik eskirish me’yori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, eskirish me’yori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi. 14.3-jadval Kompyuter bo‘yicha eskirish hisoblanishi
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun eskirish me’yori eskirish muddatining oxirigacha qoladigan eskiriadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, eskirish stummasi tugashigacha qolgan to‘liq yillar raqami (soni)ni eskirish muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik eskirish summasi asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob’ektning foydali xizmat muddati yillari yig‘indisi va suratida obektning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi. Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil etadi. 14.4-jadval Kompyuter bo‘yicha eskirish hisoblanishi
Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so‘mga teng bo‘lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yo‘li bilan har yilgi eskirish summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15. Soliq solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik eskirish me’yori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi. Download 359.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling