Ishchi daftar


Download 359.05 Kb.
bet3/73
Sana20.12.2022
Hajmi359.05 Kb.
#1040690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Bux.his.ish.daftar 1-qism

FANNING PROSPEKTI
(2022/2023 o’quv yili)



Fanning to’liq nomi:

Buxgalteriya hisobi

Fanning qisqacha nomi:

BH

Kod: BH




Kafedra:

“Raqamli iqtisodiyot”

Professor-o‘qituvchi haqida ma’lumot:

Dotsent T.Raxmanov

toshmurzaraxmanov @mail.kom

Semestr va o’quv kursining davomiyligi

3-4-semestr 34 hafta

O’quv soatlari xajmi:

jami:

240




3-4-semestr

shuningdek:







ma’ruza

60




seminar







Amaliy

60




mustaqil ta’lim

120




jami:

240




Yo’nalish nomi va shifri

5230100

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

Fanning statusi

Asosiy o’quv kursi

Dastlabki tayyorgarlik:

Kurs “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Statistika”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Moliya va soliqlar” fanlaridan o’zlashtirilgan bilimlarga asoslanadi.

Fanning predmeti va mazmuni: - xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish, rasmiylashtirish hamda taqdim etishni o’rganishdan iborat.
Kurs buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyatlari, vazifalari, tamoyillari, usullari hamda ulardagi mavjud muammolar bilan talabalarni nazariy va ilmiy jihatdan tanishtirishga yo’naltirilgan.

Fanni o’qitishning maqsadi – talabalarda xo’jalik muomalalarini hisobga olish, ularni hujjatlashtirish, umumlashtirish, korxona va xo’jaliklarning mulkiy, moliyaviy faoliyati to’g’risidagi to’liq va ishonarli ma’lumotlarini shakllantirish hamda taqdim etish, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning me’yoriy huquqiy asoslarini nazariy va ilmiy jihatdan tanishtirishdir.
Fanning vazifalari: - talabalarga xo’jalik yurituvchi sub’yektlardagi mablag’lar, ularlarning tashkil topish manbalarining xarakatini to’g’ri aks ettirish o’rganish;
buxgalteriya hisobining ob’yektlarini hisobga olish va hisobotlarda aks ettirish;
korxonalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini realligini ta’minlash;
tashkilotlar bilan hisoblashishlarni to’g’ri tashkil qilishni davlatimiz qonunlari, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar asosida o’rgatishdan iborat.
“Buxgalteriya hisobi” o’quv fanini o’rganish natijasida talabalar:
- buxgalteriya hisobining predmeti; buxgalteriya hisobining usullari va tamoyillari; pul mablag’lari hisobi; tovar moddiy zahiralari hisobi; mehnatga haq to’lash hisobi; majburiyatlar, asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar hisobi; tayyor mahsulotlar, ularning sotilishi va moliyaviy natijalarni shakllantirish; xususiy kapital hisobini tashkil etish va yuritish to’g’risida bilishi kerak;
- xo’jalik operatsiyalarini qayd etish; hisob registrlarini tuzish hamda moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini shakllantirilish; samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish; ichki hisob va hisobot ma’lumotlarni qayta ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
- kasbiy mahorat bo’yicha o’z bilimi va ko’nikmasini egallagan lavozimida mustaqil faoliyat ko’rsatish talablarigava professionalizmga javob berishi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda buxgalteriya hisobini mustaqil tashkil etish, auditorlik faoliyatini tashkil etish bo’yicha malakalariga ega bo’lishi kerak.



Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling