Ishchi daftar


Download 359.05 Kb.
bet68/73
Sana20.12.2022
Hajmi359.05 Kb.
#1040690
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Bux.his.ish.daftar 1-qism

Masalan: kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 100000 so‘m, xizmat muddati 5 yil, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo‘yicha yillik eskirish me’yori eskirishadigan qiymatdan 20%ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000 so‘m)ni tashkil etadi.
Hisobot yili davomida, qo‘llanilayotgan eskirish hisoblashning usulidan qatiy nazar (ishlab chiqarish usuli bundan mustasno), asosiy vositalar obektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi har oyda, yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanib boriladi.
Mavsumiy xarakterli ishlab chiqarishga ega korxonalarda foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha yillik eskirish summasi bir tekisda, korxona tomonidan hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida, hisoblab boriladi.
Asosiy vositalarning turli guruhlariga nisbatan eskirishni hisoblashning turli usullarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir toifadagi obektlariga faqatgina bir usul qo‘llaniladi.
Foydalanilayotgan eskirish hisoblash usuli majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob siyosatining o‘zgartirish mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi subektning hisob siyosatini quyidagi hollarda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi: subekt qayta tashkil etilganda; mulk egalari almashganda; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meyoriy tizimda o‘zgarishlar bo‘lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy manfaatlarda muhim o‘zgarish sodir bo‘lsa, u holda eskirish hisoblash usuli o‘zgarayotgan tendensiyani to‘la aks ettira oladigan tartibda o‘zgartirilishi mumkin, qachonki kelib chiqqan bunday holat eskirish usulining o‘zgarishini oqlasa.
Bunday o‘zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda, moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o‘zgarishning sabablarini va ularning iqtisodiy samarasini ochib berish zarur bo‘ladi.
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi kutilayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik o‘zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi qiymatdir.
Asosiy vositalarning eskiradigan qiymatini hisoblashda tugatish qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Tugatish qiymatining miqdori jiddiy summani tashkil etmaydigan bo‘lsa, bunday holatda, eskiradigan qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.
Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. Tugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog‘liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.



Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling