Ishchi daftar
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi
Download 359.05 Kb.
|
Bux.his.ish.daftar 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet Kredit
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‘yicha eskirish summasi quyidagi usullardan birini qo‘llash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin: 1) eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash; 2) eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli); 3) ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli; 4) yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul). Eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalarning eskiradigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish bir tekisda va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obektining eskiradigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo‘yicha eskirish hisoblash me’yorining miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog‘liqHar bir davr uchun eskirish summasi eskiradigan qiymatini obekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Eskirish hisoblashning bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida eskirishning yillik summasi asosiy vositalar obektining boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi: Download 359.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling