Ishchi daftar


Hisob registrlarining turkumlanishi va shakllari


Download 359.05 Kb.
bet44/73
Sana20.12.2022
Hajmi359.05 Kb.
#1040690
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
Bux.his.ish.daftar 1-qism

9.2.Hisob registrlarining turkumlanishi va shakllari.
Tashqi ko’rinishiga qarab hisob registrlari buxgalteriya daftarlari, kartochkalar va bo’sh varaqlar (vedomostlar)shaklida bo’ladi.
Buxgalteriya daftarlarida barcha betlar kitob ko’rinishida raqamlangan va muqovalangan bo’lishi kerak. Daftarlardagi betlar yozuvlar boshlanmasdan oldin raqamlanadi. Oxirgi betning orqa tomonida bosh buxgalterning imzosi yoki shunga huquqi bo’lgan shaxsning imzosi bilan quyidagi yozuv qilinadi: «Ushbu daftarda hammasi bo’lib bet (varaq) raqamlangan». Daftar juda katta bo’lib, unda hisobga olinadigan obyektlar soni ko’p bo’lgan taqdirda, mundarija tuziladi, zarur bo’dgan hollarda esa alifbo tartibida obyektlarning ro’yxati tuziladi.
Kartochkalar kartoteka deb nomlanadigan maxsus qutichada saqlanadi. Kartoteka, undan foydalanishni yengillashtiradigan, qator kataklardan iborat bo’ladi.
Buxgalteriya hisobining har xil shakllarida turli registrlardan foydalaniladi.
Kartochkalarning tik turishini ta’minlash uchun tirkama sifatida temir plastinkalaridan foydalaniladi. Kartochkalar shu kartochkalarning hajmiga qarab tayyorlangan kortonli (sellofanli) varaqlar yordamida guruhlanadi (ajratiladi).
Kerak bo’lgan kartochkani tezlik bilan topish uchun kerakli shrift, alifbo harflarni yoki boshqa belgilar qo’yiladi. Ular bo’luvchi moslama yoki uning tepasidagi joyga ilib qo’yiladi. Kartochkalar ochilayotganda, ular maxsus reyestrlarga yozib qo’yiladi va shu bilan ularning saqlanishi ta’minlanadi.
Hisobot yili tugagandan va balans tuzilgandan keyin daftarlar, kartochkalar va bo’sh qog’ozlar (vedomostlar) har bir schyot bo’yicha yakun chiqarish hamda qoldiq summasini yozib qo’yish yo’li bilan yopiladi.
Daftarlar, kartochkalar va registrlarda ayrim varaqlarning o’zaro biriktirilishining turli darajada bo’lishi ulardan foydalanishning xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, kartochkalar va bo’sh varaqlar har qanday darajada ham guruhlanishi mumkin, ularga qilinadigan yozuvlar maxsus hisoblash mashinalarida amalga oshiriladi. Kartochkalarning mazkur massivlari alohida xar xil bo’sh varaqlarga yozishda hisob bilan bog’liq bo’lgan mehnatni ajratib olish mumkin. Boshqa tomondan, kartotekadan yoki registordan har qanday varaqni bemalol olinishining imkoniyati ulardan ayrimlarining yo’qolishiga, bir kartochkaning (varaqning) boshqasiga almashtirib qo’yilishiga, undagi biror bir yozuvning o’zgartirib qo’yilishi va boshqa shu kabilarga olib kelishi mumkin.
Shu bilan bir vaqtda varaqlarning daftarlarda mustaqkam biriktirilganligi zamonaviy hisoblash texnikasidan foydalanishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun talab qilingan joylarda, ayrim varaqlarni turli tartibda guruhlash va hisobli ro’yxatga olish mashinalar yordamida amalga oshiriladi, daftardan hisobga olishda foydalanib bo’lmaydi.
Hisobda u yoki bu registrlarning shaklida daftardan, kartochkadan yoki bo’sh varaqdan foydalanish ularning xususiyatlari bilan belgilanadi.

Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling