Ishchi kuchi bozori va uni shakllantirish


Keyingi yillarda mehnat bozori haqida aniqroq tushunchalar paydo boʻldi


Download 160.95 Kb.
bet4/17
Sana22.04.2023
Hajmi160.95 Kb.
#1381068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi boburmirzo

Keyingi yillarda mehnat bozori haqida aniqroq tushunchalar paydo boʻldi. Ba’zi tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini oʻzini oʻzi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar. Boshqa iqtisodchilar tushuntiradilarki, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni xohlovchilarning bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchining xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi. I.S.Maslovaning ta’rifi boʻyicha, «Mehnat bozori – oʻsuvchi tizim, unda mulkchilik subyektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va «yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab 9 chiqarish omillari (mehnat vositatari va ishchi kuchi)ga oʻzaro ta’sir etadi». Mehnat bozori mavjud, ammo «kesik, shakli oʻzgartirilgan koʻrinishda, buning ustiga har narsani oʻz ichiga oladigan xarakterga ega boʻlmay, balki mehnat munosabatlarining faqat bir qismini qamrab oladi»
Mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha muammoni hal qilishning eng samarali vositalaridan biri boʻlgan mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tadqiq qilish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ularni oʻrganish quyidagi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarning inobatga olinishini taqozo etadi:
– respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60% dan ortig‘i qishloq joylarda
yashaydi va yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 40% dan koʻprog‘ini ishlab chiqaradi;
– noqishloq xoʻjaligi ishchi joylari yetishmasligi sababli ish bilan band boʻlmagan qishloq mehnat resurslari ulushi respublikaning ish bilan band boʻlmagan butun aholisining 60% dan ortig‘ini tashkil qiladi va ularning soni oʻsmoqda;
mehnatga qobiliyatli, ish bilan band boʻlmagan qishloq mehnatkashlari malakasi va safarbarligining pastligi ularning yashash joylaridan shaharga va mamlakatning kam mehnat bilan ta’minlangan hududlariga hamda xorijiy davlatlar obyektlariga qarab harakat qilishlariga asosiy toʻsiq boʻlmoqda;
– mehnat resurslari sonining mehnatni tatbiq etish mintaqalarga nisbatan tezroq oʻsishi yashirin ishsizlikni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligida ishchi kuchini taklif etish unga talabdan oshib ketadigan darajada koʻpayishiga bevosita yordam beradi;
qayta ishlash sanoati, qurilish va xizmat koʻrsatish korxonalari hamda xususiy xoʻjaliklarda yangi ishchi joylarini yaratish yoʻli bilan ishchi kuchi talabi va taklifi oʻrtasidagi ratsional nisbatni ta’minlash uchun haqiqiy imkoniyatlar mavjud. Bozor iqtisodiyoti davrida mehnat bozorini «mehnatga qobiliyatli» ishchi kuchini xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida koʻrib chiqish oʻrinli. Shuning uchun u ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, koʻp aspektli va oʻsuvchi tizimchasi boʻlib, ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchiga talab va aholining taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi va oqilona bandlikning shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga koʻmaklashadi. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat.
Talab iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish – ijtimoiy infratuzilmasi va boshqa sohalarning mehnat bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ishchi kuchi ehtiyojining hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanma sharti bilan ishga ega boʻlishdan manfaatdor ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar boʻyicha) tarkibini ifodalaydi. Mehnat bozoridagi ishchi kuchining taklifi murakkab demografik choʻzilishga ega. Avvalambor, aholining umumiy sonidan yollanib ishlashga qodir, ya’ni mehnat salohiyatiga ega boʻlib, uning egasi - xodim mehnat bozorida uni taklif qilishdan, tadbirkor esa uni oʻz korxonasida belgilangan vaqt davomida foydalanish uchun yollanishidan manfaatdor qismini ajratish kerak.[3]

Download 160.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling