Ishchi kuchi bozori va uni shakllantirish
Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa, uning iqtisodiy faol qismi mehnat bozorining shakllanishida asosiy demografik manba hisoblanadi
Download 160.95 Kb.
|
kurs ishi boburmirzo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat bozori shakllanishining ahamiyati va shart-sharoitlari.
- I.A. Karimov
Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa, uning iqtisodiy faol qismi mehnat bozorining shakllanishida asosiy demografik manba hisoblanadi. Tahlil shuni koʻrsatadiki, aholining iqtisodiy faol qismi mehnat resurslari umumiy sonining 70% dan ortig‘ini tashkil etib, uning miqdori 1998–2020-yillarda iqtisodiyotning nodavlat sektorida 39,5% oʻsdi. Fermer va dehqon xoʻjaliklari sonining oshishi, kichik va oʻrta biznesning rivojlanishi, yakkahol mehnat tatbiq etilishining kengayishi xususiy sektorda band boʻlganlar sonining 2 martadan ortiq koʻpayishiga bevosita koʻmaklashdi. Shunday qilib, shubhasizki, respublika mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining oʻsishi koʻp jihatdan aholining iqtisodiy faol qismi holati bilan belgilanadi. U esa mazkur bozordagi raqobatga ham koʻp jiqatdan bog‘liq. Yuqori unumli ishchi kuchini yollash, mehnatni ijtimoiy taqsimlash va boʻsh ish oʻrinlarini egallashda xodimlar oʻrtasidagi hamda mehnat shartnomalari asosida ish haqi shartlari uchun xodimlar bilan yollovchilar oʻrtasidagi raqobat mehnat bozorini harakatlan tiruvchi mexanizm hisoblanadi.[3]
Mehnat bozori shakllanishining ahamiyati va shart-sharoitlari. Mehnat bozori, bozor tizimining ajralmas qismi sifatida faqat tovar ishlab chiqarish va muomalasi umumiy hukmron boʻlgandagina vujudga keladi. Ishchi kuchi «mehnatga qobiliyati»ning tovarga aylanishi mehnat bozori shakllanishining bosh sharti hisoblanadi. Akademik I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «mehnat bozori boʻlmasa, ishchi kuchi tovarga ayantirilmasa, bozor munosabatlari toʻg‘risidagi gap-soʻzlar og‘izda qolib ketadi». Ishchi kuchi tovarga shunday holda aylanadiki, agap uning egasi – xodim – ishlab chiqarish vositalari va turmush kechirish vositalaridan yuridik erkin shaxs boʻlsa. Shaxsning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qoʻllash sohasi, undan foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash huquqini rasmiy beradi. Erkin subyekt sifatida u shaxsiy mulkchilik va oʻzining ishchi kuchiga egalik huquqiga ega boʻladi. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida»gi Qonunida ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ishlab chiqarish va ijodiy mehnat uchun oʻz qobiliyatlariga egalik qilish va qonunchilik man qilmaydigan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan. Mehnatga har qanday shaklda ma’muriy majbur qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kishilarning ixtiyoriy band boʻlmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi»[4] Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – umuman, respublika bo‘yicha mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir. Shu bilan bir qatorda, mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir koʻrsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq koʻrib chiqamiz. Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti boʻlib yollanma xodimlarni oʻz ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, 20 mazkur subyektlarni oʻzaro almashuv munosabatiga kirishishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular ham, oʻz navbatida, qayta takror ishlab chiqarishda qishloq aholisi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishida namoyon boʻladi. Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatga erishish uchun oʻzaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklarning iqtisodiy munosabatlarda boʻlishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtayi nazaridan oʻzaro bog‘langan hamda bir-birlariga qaram boʻlsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.[5] Download 160.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling