Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemicha: Erwerbspersonenpotenzial)


Download 27.54 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi27.54 Kb.
#235302
1   2   3   4   5
Bog'liq
ishchi kuchi bozori

Mehnatga layoqatli yoshdagilar:
  • 16 yoshdan-54 yoshgacha bo‘lgan ayollar;


  • 16 yoshdan-60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar.




  1. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar.


  2. Balog‘at yoshiga etmagan ishlovchi o‘smirlar (16 yoshgacha bo‘lganlar).

YAlpi ishchi kuchi

YAlpi ishchi kuchi – bu jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat vaiste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holdafaoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. YAlpi ishchi kuchining takror hosil qilinishi jaraѐnlarini o‘rganish muhim bo‘lib, bunda eng avvalo ishchi kuchiningziga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. YAlpi ishchi kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (iehnat resurslarining) umumiy sonidir.

YAlpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi, malakasi, mahorati, ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatgichlarida mujassamlashadi.

Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror xosil qilib turilishi kerak, bunga tor va keng ma’noda qarash mumkin.

Ishchi kuchini tor ma’noda takror xosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib borish hamda ishchi avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.

Keng ma’noda ishchi kuchini takror xosil qilish esa quyidagilarni anglatadi:


  • aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlari yaratish;


  • xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish;


  • mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash hamda qayta taqsimlash;


  • aholining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish;


  • ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta’minlash.



Ishchi kuchi resurslari

Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band boʻlgan nafaqaxoʻrlar ham ishlashi mumkin. Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar va vaqtinchalik uy xoʻjaligida band boʻlganlar potensial qismi hisoblanadi.




Download 27.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling