Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemicha: Erwerbspersonenpotenzial)


Download 27.54 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi27.54 Kb.
#235302
1   2   3   4   5
Bog'liq
ishchi kuchi bozori

Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va taʼminlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi oʻsishini taʼminlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar oʻrtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan toʻla va samarali band boʻlishini taʼminlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham oʻz ichiga oladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo boʻlib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon boʻladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy koʻpayishi hisoblanadi.

Ishchi kuchi insonning mehnatga boʻlgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi boʻlganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori boʻladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qoʻllanilayotgan mehnat bozori tushunchasi oʻrniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari oʻrniga ishchi kuchi resurslari deyiladi.

Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa oʻz navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bogʻliq boʻladi.

Bandlik darajasi.

Bandlik darajasi ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab turishlarini bildiradi.
Sifat jihatdan samarali yoki oqilona va samarasiz bandlik mavjud bo‘ladi. Oqilona bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini ta’minlovchi bandlikdir. Samarasiz bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z mehnatidan qoniqmagandagi bandlikdir. Bunday bandlikda texnologiya yuqori bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi. Oqilona bandlikka misol qilib kampyuter dasturchisining bandligini olish mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste’dod va tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq xo‘jaligi ishchisi bandligini olish mumkin. Ish bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy manfaatdorligining ta’minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqazo qiladi.

Bandlik mehnat qiluvchi uchun ahamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka bo‘linadi. Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya’ni daromadning asosiy qismini beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. Mehnat bozordagi holatni faqat ish haqi miqdori emas, balki bandlik darajasi ham ifoda etadi. Bu daraja taklif etilgan mehnatning qanchasi sotilganini bildiradi.




Download 27.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling