Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


Download 186.71 Kb.
bet24/42
Sana26.10.2023
Hajmi186.71 Kb.
#1725648
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyat-fayllar.org

Kassa tamoyili. Davlat Moliya statistikasi ma’lumotlarini to‘plash bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning normalari tomonidan davlat operatsiyalarini qayd qilishda kassa tamoyili: tushumlar va to‘lovlar to‘lov amalga oshirilayotgan paytda qayd qilish kerakligi uchun qo‘llaniladi. Agar qilingan haridorlar yoki olingan daromad qarz majburiyatlari harakteriga ega bo‘lsa, operatsiyalarning turli qismlari turli bitimlar sifatida ko‘rsatiladi.

37. Makroiqtisodiy prognozlashtirish modellari



38. Makroiqtisodiy tahlilning miqdori usullari

39. Pul kredit sektorining iqtisodiy tahlili 1. Pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari
Pul-kredit siyosati – bu pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Pul-kredit siyosatining ikki asosiy turi mavjud: 1. Restriktsion pul-kredit siyosati. 2. Ekspansionistik pul-kredit siyosati. Restriktsion pul-kredit siyosati deganda, odatda, muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atlarini jilovlashga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi. Restriktsion pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: – Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalarining darajasi oshiriladi; – tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotib olish sharti bilan sotiladi; – Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli bo‘lgan vaqtinchalik bo‘sh pul mablag’lari depozit hisobraqamlariga jalb etiladi; – Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini cheklashga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi. Ekspansionistik pul-kredit siyosati deganda muomaladagi pul massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash asosida to‘lovga qobil talabni rag’batlantirishga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi. Ekspansionistik pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: – Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi; – tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, ya’ni banklarga kreditlar miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi. 58 – Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi; – tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotish sharti bilan sotib olinadi; – Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini oshirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi. V. Rudko-Silivanov, N. Kuchina, M. Jevlakova hammuallifligida chop etilgan o‘quv qo‘llanmada pul-kredit siyosatining quyidagi strategik maqsadlarining mavjudligi e’tirof etiladi: – baholar barqarorligini ta’minlash; – to‘liq bandlikka erishish; – ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini ta’minlash; – to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash17 . Bu erda pul-kredit siyosatining asosiy strategik maqsadi – milliy valutaning barqarorligini ta’minlash e’tirof etilmagan holda, ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini va to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash uning strategik maqsadi sifatida qayd etilmoqda. S. Moiseevning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining quyidagi to‘rtta strategik maqsadlari mavjud: – baholar barqarorligi; – milliy valutaning barqarorligi; – mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash; – muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sish18 . R. Miller va D. Van-Xuzning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining ikki strategik maqsadi mavjud: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash; inflatsiyaning past va barqaror darajada bo‘lishiga erishish19 . Ushbu iqtisodchi olimlar haqli ravishda e’tirof etadilarki, Markaziy bankning pul-kredit siyosati yordamida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlashi ishsizlik darajasini pasaytirish imkonini beradi. Bu esa, Hukumat iqtisodiy siyosatining strategik maqsadlaridan biri bo‘lgan ishsizlikning past va barqaror darajasini ta’minlash maqsadiga mos keladi.
40. Tashqi savdo balansini davlat tomonidan tartibga solish

Download 186.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling