Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiyotning real sektori va moliyaviy sektori o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik tahlili
Download 186.71 Kb.
|
Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyat-fayllar.org
35. Iqtisodiyotning real sektori va moliyaviy sektori o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik tahlili
Milliy hisoblar tizimi ijtimoy soha va iqtisodiyot, jamiyatdagi institutsional sektorlar va tarmoqlar uchun ham statistik ma’lumotlarni olish va tahlil qilish imkoniyatini nazarda tutadi. U jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni miqdoriy o‘lchash, qiyosiy va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkonlarini yaratadi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va boyligi ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy darajada umumlashtirish va tahlil qilish uchun konseptual va statistik asosni yaratadi. Asosiy hisoblar ishlab chiqarish, iste’mol, sarmoyaning jamg‘arilishi, daromadlarning taqsimlanishi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Aktivlar va passivlar balansi milliy boylikning barcha tarkibiy qismlari – nomoliyaviy, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslar va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish imkonini beradi. 4. 2. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishining mohiyati va tasnifi Iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibi mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining asosini tashkil etadi. Iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlarida iqtisodiy vaziyatni aniq tasavvur qilish, uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini hisobga olish muhim iqtisodiyijtimoiy ahamiyatga ega. Real sektor iqtisodiyoti tarkibi – bu milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko‘rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo‘ladilar. Real sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, zamon va bozor talabidagi o‘zgarishlarga nisbatan moslanuvchan iqtisodiy subyektlar faoliyati yig‘indisidan iboratdir. Iqtisodiyotni real sektoriga mahsulot ishlab chiqarish bilan, nomoddiy boylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sohalari ham kiritiladi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab real sektor infratuzilmasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. 28 Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish sohalari va bozor xizmat ko‘rsatish sohalaridan tarkib topadi. Iqtisodiyotning real sektoriga quyidagi moddiy va nomoddiy boyliklar yaratish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalari kiradi: - sanoat; - qishloq xo‘jaligi; - qurilish; - transport va aloqa; - boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari. Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri hisoblanadi va iqtisodiyotning barcha sohalariga sezilarli ta’sir qiladi. Xizmatlar sohasi – bu bir tomondan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarining assortimenti bo‘lsa, ikkinchi tomondan tashkilotlar va yakka ijrochilar majmuasi bo‘lib, ular xizmat ko‘rsatish faoliyati doirasida iste’molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko‘rsatishadi. Xizmatlar sohasi tarkibida yetakchi o‘rinlarni transport xizmatlari, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, savdo xizmatlari, mehmonxona va turistik-ekskursiya xizmatlari egallaydi. Bulardan tashqari xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibiga kommunal xizmatlar, maishiy xizmatlar, avtomobillarni ta’mirlash xizmatlari, tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar ham kiradi. Shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibida bank, moliya va sug‘urta xizmatlari ham salmoqli o‘rin egallaydi, lekin ular iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga taalluqlidir 36. O`zbekistonda buydjet soliq sektori tahlili Download 186.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling