45. Ishchi kuchiga talab va uning taklif nisbati tahlili
Doimiy ishchi va xodimlar – bu korxonalarda ishlash uchun kelgan xodimga ayni muddati ko’rsatilmagan ischilarga aytiladi.
Vaqtincha ishchi yoki xodimlar – bu, ikki oy muddatgacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o‘rniga ishlashga 4 oygacha qabul qilinganlar kiritiladi.
Mavsumiy ishchi va xodimlarga olti oygacha mavsumiy ish bajarish uchun qabul qilinganlar kiritildi.
Mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatani belgilovchi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va siyosiy shart-sharoitlarga ko‘ra, ishsizlik turli shakllarda bo‘lishi mumkin.
Tuzilmaviy ishsizlik
|
ishchi kuchi talab va taklifi miqdorini kasbiy va geografik nomuvofiqligi oqibati hisoblanadigan ishsizlik.
|
Konyunktur ishsizlik
|
butun iqtisodiyot doirasida tovar hamda xizmatlarga talabning pasayishi (konyunktur o‘zgarishlar) sababli ishchi kuchiga talabning kamayishi oqibatida paydo bo‘ladigan ishsizlikdir.
|
Ishchi kuchiga sarflar bilan bog‘liq ishsizlik
|
mehnat sarflari darajasining o‘ta yuqoriligidan kelib chiqadi, qoidaga ko‘ra, eng kam ish haqi darajasining yuqoriligi ish beruvchilarni ish joylarini qisqartirishga majbur qiladi.
|
Qisqa muddatli ishsizlikka texnologik, friksion va mavsumiy ishsizlik kiritiladi
Texnologik ishsizlik – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan ishsizlik. Friksion ishsizlik – yangi ish o‘rni yoki turar joyni izlash maqsadida ishdan ixtiyoriy ketish bilan bog‘liq ishsizlik. Mavsumiy ishsizlik – faqat ma’lum davrlarda (masalan, qishloq xo‘jaligi ishlari qizg‘in davrda) ishga ega bo‘ladigan, yilning boshqa davrlarida band bo‘lmaydigan shaxslarga xos ishsizlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |