Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish


Download 186.71 Kb.
bet29/42
Sana26.10.2023
Hajmi186.71 Kb.
#1725648
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyat-fayllar.org

14-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish
Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati shartnomaviy narxlar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda qat’iy belgilangan narxlar mustasno.
Investitsiya qilish obyekti bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda ham shakllantirilishi mumkin.
Birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda shakllangan, realizatsiya qilinadigan davlat aktivlarining narxlari, mazkur aktivlarning balans va baholangan qiymatidan qat’i nazar, bozor narxlari deb tan olinadi.

43. Pul oborodi va pul muomalasini barqarorlashtirish tahlili
Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va nakd boʻlmagan muomalaga boʻlinadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi koʻliga oʻtadi. Oddisotdi vatoʻlov harakatlari bajarilgach, yana bankka kaytadi. Naqd boʻlmagan pul muomala-siga firma, korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobida turgan pulning harakati kiradi va bunday muomala chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar harakati shaklida olib boriladi.pul muomalasi jarayonlariga ishtirok etadigan pullar 2 ga bo'linadi. 1-aktiv pullar,2-passiv pullar
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va itisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora - tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi. Yoar davlatda pul muomalasi ma’lum qonun-qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan. Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib turiladi. Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qo’yidagi usullardan foydalanadi.
1. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.
2. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.
3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish.
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunga ko’ra Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’larni maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday rezervlar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berish qobiliyatiga ta’sir etadi. Kredit, ma’lumki o’z navbatida pul massasining ko’payishiga, baholarning o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun majburiy norma tez-tez o’zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Majburiy rezerv ajratmalari foyizlari oldingi yillarda qo’yidagicha belgilangan:
02.09.92 dan - 15%
01.01.93 dan - 20%
01.05.94 dan - 30%
01.01.95 dan - 30%
01.07.96 dan - 25%
44. Investitsiya va jamg`arma o`rtasidagi nisbat lorens egri chizig`i daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash


Download 186.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling