Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
Qayd etilgan almashuv kursi sharoitida ichki va tashqi muvozanat tahlili
Download 0.58 Mb.
|
makro yakuniy javoblar
28. Qayd etilgan almashuv kursi sharoitida ichki va tashqi muvozanat tahlili
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, faqat ichki muvozanatga erishishga yo’naltirilgan (odatda jami talabni tartibga solish orqali) iqtisodiy siyosat ayrim hollardagina bir vaqtda tashqi muvozanatga ham olib keladi. Shu kabi holat tashqi muvozanatni maxsus tartiblashda ham sodir bo‘ladi. Shu sababli tashqi va ichki balansga bir vaqtda erishish masalasi alohida qo‘yiladi va bunga kattagina qiyinchiliklar bilan erishilishi mumkin. Ichki va tashqi muvozanat muammolarini taxlil qilish jarayonida iqtisodiy siyosatni tayyorlash va o‘tkazishning asosiy tamoyili ishlab chiqildi: ikki mustaqil maqsadlarga erishish- ichki balans uchun (ishsizlikning tabiiy darajasi va inflatsiya past yoki mavjud bo‘lmagan holatda ishlab chiqarishning kutilgan hajmiga erishish) va tashqi balans uchun (to‘lov balansi yoki savdo balansi saldosinig nolga tengligi) iqtisodiy siyosatning kamida ikkita mustaqil instrumenti kerak bo‘ladi67 . Bunga muvofiq tarzda, iqtisodiy siyosatning uch maqsadiga erishish uchun uch instrument ishlatilishi lozim va shu kabilar. R. Mandellning ishlarida pul-kredit va budjet - soliq siyosatining instrumentlarini qo‘llash bir vaqtda ikki maqsadga- tashqi va ichki muvozanatiga erishish sharoitida, kapitalning xalqaro mikyosda harakat qilishiga imkon beruvchi model ko‘rsatib beriladi. Ichki va tashqi muvozanat muammosining nazariy jixatdan ko‘pincha bir qancha turlarga ajratilgan IS-LM modellariga to‘lov balansi muvozanatini ko‘rsatuvchi uchinchi BP egri chiziqni kiritish yo‘li bilan qaraladi. Bunday model valuta kurslarining turli tizimlari – qayd etilgan va suzuvchi tizimlari, shuningdek kapital mobilligi turli darajalari uchun yasaladi. Mukammal kapital mobilligiga ega kichik ochiq iqtisodiyot Mandell - Fleming modeli yordami bilan tahlil qilinishi mumkin68 . Iqtisodiy siyosat uchun aniq amaliy tavsiyalar nuqtai nazaridan bu mammoga yondoshish boshqacha tarzda ham bo‘lishi mumkin (yani ko‘rsatilgan modellarga nisbatan ancha sodda ko‘rinishda). Bunday yondoshuvlar variantlaridan birini qaraylik, u ko‘pincha hukumat qayd etilgan valuta kursini qo‘llagan holatda ichki va tashqi muvozanatga bir vaqtda erishish uchun ishlatiladi. Bu yondoshuvning grafik tasviri shundayki, koordinatalar o‘qlarida siyosatning ikki asosiy vositasi beriladi, ular ikki qo‘yilayotgan (ichki va tashqi muvozanatdan iborat) masalani yechish uchun ishlatiladi: davlat xarajatlari darajasi (G) va foiz stavkasi (R). Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling