Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


To‘lov balansiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.58 Mb.
bet14/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1153692
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
makro yakuniy javoblar

To‘lov balansiga ta’sir etuvchi omillar: a) sof eksport (ya’ni joriy hisob operatsiyalari balansi) va b) kapital oqimlari (kapital harakati hisobi balansi) hisoblanadi.
24. To`lov balansining tuzilishi
To‘lov balansi – bu mamlakatga xorijdan kelib tushgan va xorijga to‘lab berilgan valutalarning haqiqatdagi summasi aks ettiriladigan hujjatdir.
XVF to‘lov balansini statistik hisobot shakli deb hisoblaydi.
To‘lov balansi xalqaro hisob-kitoblar balansining muhim shakllaridan biri hisoblanadi.

11.1-jadval To‘lov balansida operatsiyalarni aks ettirish tartibi53


Operatsiya

Kredit-plyus (+)

Debet – minus (-)

A. Tovarlar va xizmatlar

Tovarlar va xizmatlar eksporti (norezidentlarga xizmat ko‘rsatish)

Tovarlar va xizmatlar importi (norezidentlarga xizmat ko‘rsatish)

B. Investitsiyalardan bo‘yicha daromadlar va
mehnatga haq to‘lash

Rezidentlar tomonidan norezidentlardan olingan

Rezidentlar tomonidan norezidentlarga to‘langan

V. Transfertlar (joriy va
kapital)

Mablag‘larni olish

Mablag‘larni uzatish

G. Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar bo‘yicha operatsiyalar

Norezidentlar oldidagi majburiyatlarning ko‘payishi (masalan, norezidentlar tomonidan naqd milliy valutani sotib olinishi) yoki norezidentlarga nisbatan talablarni kamayishi (masalan, norezident banklardagi hisobraqamlarning
qoldig‘ini kamayishi)

Norezidentlarga nisbatan talablarning ko‘payishi (masalan, norezidentlarga kredit berish) yoki norezidentlar oldidagi majburiyatlarni kamayishi (masalan, rezidentlar tomonidan norezidentlardan sotib olingan qimmatli
qog‘ozlarni qoplanishi)

To‘lov balansida ikki yo‘nalishdagi valuta oqimi o‘z ifodasini topadi:

    1. Xorijiy valutalardagi tushumlar.

    2. Xorijiy valutalardagi to‘lovlar.

To‘lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar harakatidagi o‘rnini ko‘rsatadi.
To‘lov balansini tuzish ikki yoqlama yozuvga asoslanadi. Ya’ni, bunda har bir operatsiya ikki marta aks ettiriladi: bir hisobraqamning debetida, ikkinchi hisobraqamning esa kreditida aks ettiriladi. Bunda kreditli o‘tkazmalarning jami summasi debetli o‘tkazmalarning jami summasiga teng bo‘lishi va yakuniy saldo nolga teng bo‘lishi shart.
Kreditli va debetli o‘tkazmalar o‘rtasidagi farq summasi sof xatoliklar deb ataladi.
To‘lov balansini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar manbaidan foydalaniladi:

  1. Bojxona statistikasi.

  2. Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan iqtisodiyotning pul sektorini statistikasi.

  3. Tashqi qarz statistikasi.

  4. Xorijiy valutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalari statistikasi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling