Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


-rasm. Valuta kursi va uni tartibga solish54


Download 0.58 Mb.
bet12/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1153692
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
makro yakuniy javoblar

11.5-rasm. Valuta kursi va uni tartibga solish54


Valuta (dollar) taklifi egri chizig‘i yuqoriga qarab tik yo‘nalgan, chunki dollarning valuta kursi qanchalik yuqori bo‘lsa, amerikaliklar 1 dollarga shunchalik ko‘p yuanlarni sotib oladilar, shu sababli dollarning taklif miqdori katta bo‘ladi. Muvozanatli valuta kursi e0 dollarga bo‘lgan talab va taklif egri chiziqlari kesishgan nuqtada o‘rnatiladi.


Milliy valuta(funt)ga talab quyidagilar bilan belgilanadi:

  • ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga boshqa mamlakatlar tomonidan bildirilgan talab;

  • ushbu mamlakat moliyaviy aktivlar (aksiya va obligatsiyalar)iga boshqa mamlakatlarning talabi.

Valuta kursi o‘rnatilishining qattiq va suzuvchi tartibi mavjud.

22. Valyuta siyosati uning mazmuni iqtisodiy mohiyati
      1. Milliy valuta tushunchasining mazmuni


Valuta so‘zi italyancha valuta so‘zidan olingan bo‘lib, qiymat degan ma’noni anglatadi.
Har qanday mamlakatning milliy pul birligi uning milliy valutasi hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda valutalarning quyidagi turlari mavjud:

  • Erkin ishlatiladigan valuta (freely usable currency) – to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limida valutaviy cheklashlar bo‘lmagan mamlakatlarning milliy valutalari.

  • Qattiq valuta (hard currency) – iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan mamlakatlarning almashuv kursi barqaror bo‘lgan valutalari.

  • Yumshoq valuta (soft currency) – xalqaro miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajara olmaydigan, ya’ni tashqi konvertirlikka ega bo‘lmagan valutalar.

  • Xalqaro rezerv valutalar (reserve currency) – dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan etakchi valutalar.

Etakchi valutalarga “xalqaro rezerv valuta” degan maqomni Xalqaro valuta fondi (XVF) ekspertlari beradi.
XVF mezonlari bo‘yicha, xalqaro rezerv valuta deganda davlatlarning xalqaro zaxiralari nominali aks ettiriladigan valuta tushuniladi.
Xalqaro rezerv valutalar kurslarining nobarqarorligi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, milliy valutamiz-so‘mning nominal almashuv kursi asosiy rezerv valuta bo‘lgan AQSh dollariga nisbatan aniqlanadi55. Demak, AQSh dollari kursining barqaror emasligi bevosita so‘mning nominal almashuv kursining barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Valuta kursiga oid ilk nazariyalardan biri valutalarning xarid qobiliyati nazariyasi hisoblanadi va ushbu nazariya angliyalik iqtisodchilar D. Yum va D. Rikardolarning nazariy qarashlariga asoslanadi. D. Rikardoning fikriga ko‘ra, savdo balansining defitsiti funt sterling qiymatining pasayishiga olib keldi, valutalarning xarid qobiliyati ularning muomaladagi miqdorining nisbati bilan belgilanadi56.
Valutalarning xarid qobiliyati nazariyasining asosiy qoidasi shundan iboratki, valuta kursi ikki mamlakat valutasining nisbiy qiymati bilan belgilanadi, o‘z navbatida, valutalarning o‘zaro nisbiy qiymati esa, baholar darajasiga bog‘liqdir.
Suzib yuruvchi valuta kurslari nazariyasi valuta kursi xususidagi nazariyalar orasida o‘ziga xos o‘rin egallaydigan nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariyaning asoschilari bo‘lib, neoklassik yo‘nalishga mansub bo‘lgan iqtisodchilar hisoblanadi. Ular jumlasiga M. Fridmen, F. Maxlup, A. Lindbek, G. Jonson, L. Erxard, G. Girsh, E. Dyurrlarni kiritish mumkin



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling